CHIRCHIQ «ELEKTRKIMYOSANOAT» AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi. Ammiak selitrasi, karbamid, ammiak, suyuq ammiak, ammoniy sulfat va b. oʻgʻitlar; kaprolaktam, nitrat kislota, ammiak va metall sintezi katalizatorlari, quruq muz va b. kimyoviy mahsulotlar ishlab chikaradi. «Oʻzkimyosanoat» davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Korxona Oʻzbekistonda q. x. ni, shu jumladan, paxtachilikni rivojlantirish bosh rejasiga muvofiq, Chirchiq daryosi boʻyida 1934-y. dan «Chirchiqazot» nomi bilan kurila boshlagan. 1941-y. noyabrida dastlabki maxsulot — ammiak selitrasi ishlab chikarilgan. 1944-y. da kumirni gazga aylantirish negizida ammiak ishlab chiqaruvchi 2navbati, 1949-y. da katalizator fkasi, 1964-y. da karbamid sexi ishga tushirildi. 1961-y. dan tabiiy gazdan ammiak ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 1975-y. dan Chirchiq «Elektrkimyosanoat» i. ch. birlashmasi deb nomlandi.
1994-y. dan ustav kapitali 29 mlrd. 996 mln. sum (66,5 mln. AQSH dollari) boʻlgan ochiq aksiyadorlik jamiyati (davlat ulushi 51%, xorijiy investorlar ulushi 49%) va hoz. nomda.
2000-y. da bir sutkada i. ch. unumdorligi 1000 t gacha yetadigan yangi ammiak agregatini qurish boshlangan va 2003-y. dan toʻliq quvvat bilan ishlamoqda. Mahsulotlari ichki bozorda sotiladi va chet ellarga eksport qilinadi (Xitoy, Turkiya, Eron).