CHINNIXONA

CHINNIXONA — arxeologik yodgorlik; saroy. Samarqandda Choʻponota tepalitiningjan. gʻarbidajoylashgan. 15-a. ning 40-y. larida Ulugʻbek rasadxonasita yaqin joyda qurilgan. Saroy devorlari chinni bilan qoplangani uchun ham Chinnixona deb atalgan. Ulugʻbek va olimlar shu yerda samoviy kuzatuv, i. t. lardan soʻng hordiq chiqarishgan. Yodgorlikda arxeolog V. D. Jukov (1941), Oʻ. Alimov (1968) qazish ishlari olib borishgan. Binoning jan. qismida ayvon (sahni ustiga silliqlangan 25x25x4,5 sm li pishiq gʻisht terilgan), uning oldida 8 qirrali (aylanasi 1,5 m) fontan oʻrni, 6 qirrali pishiq gʻisht terilgan supacha topilgan. Oldingisidan 50 m gʻarbda aylana shakdda marmar tosh yotqizilgan 2fontan oʻrni ochilgan. Unga yer tagiga yotqizilgan sopol quvurlar orqali suv kelgan. Chinnixonaning peshtoqdi asosiy eshigi sayqallangan oq marmar, serpantin va b. togʻ jinslaridan ishlangan. Chinnixonadan nafis koshinli devor qoldikdari, chinni va tosh taxtachalar (birida «baxtli boʻl» yozuvi bor), rangli shishachalar, chaqa pullar topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x