CHIMYON — Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi shaharcha (1943-y. dan). Fargʻona sh. dan 28 km, yaqin t. y. stansiyasi — Oltiariq (24 km). Aholisi 3,4 ming kishi (2004). Chimyonda 2 umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, madaniyat saroyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, stadion, poliklinika, dorixona mavjud. Chimyon hududida eski neft koni, balneologik kurort bor. Kurort mineral suvi tarkibida vodorodsulfid (300—500 mg/l) va natriy xlorid asosiy oʻrin tutadi. Tarkibi jihatdan Kavkazdagi SochiMatsesta mineral suvlariga tenglashadi. Chimyonda yuraktomir, periferiya nerv sistemasi, tayanchharakat apparatlari, ovqat hazm qilish organlari, teri, radikulit, spondilyoz, revmatizm va b. kasalliklar davolanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые