CHIMKENT

CHIMKENT (qozoqcha Shimkent) — Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyatidagn shahar, viloyat markazi (1932—62 y. larda Jan. Qozogʻiston viloyati, 1962—64 y. larda Jan. Qozogʻiston oʻlkasi, 1964—92 y. larda Chimkent viloyati markazi). Togʻ oldi tekisliklarida, Bodom va Sayram (Sirdaryo havzasi) daryolari oraligʻida. Jambul, Aris, Langar t. y. yoʻnalishlarining chorrahasi. Aholisi 354,4 ming kishi (2002). Chimkent 11-a. da Xitoydan Oʻrta Osiyo va Gʻarbiy Osiyoga oʻtgan savdo yoʻli («Ipak yoʻli») ustida vujudga kelgan. 19-a. boshidan Koʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan, 1864-y. Rossiya bosib olgan va Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi maʼmuriy va harbiy tayanch punktiga aylantirilgan. Shaharning sust rivojlanishiga t. y. dan uzokligi ham taʼsir etgan. Faqat 1915-y. Aris — Ch. liniyasi sh. ni OrenburgToshkent magistrali bilan bogʻladi. 1924-y. gacha Chimkent Turkiston Respublikasi tarkibida. Oʻrta Osiyoda milliy chegaralanish oʻtkazilgandan keyin Sirdaryo gubernyasining maʼmuriy markazi, soʻng okrug markazi boʻlib Qozogʻiston Muxtor SSR tarkibiga kirdi. Shahar sanoati mahalliy q. x. xom ashyolari va foydali qazilmalarni qayta ishlash negizida rivojlanmoqda. Yirik korxonalari Qoratov va Jungʻariya Olatovidagi konlar asosida ishlaydigan qoʻrgʻoshin zdi, temirchilikpress uskunalari ishlab chiqaradigan, «Fosfor» (mineral oʻgʻitlar va b. ishlab chiqariladi), «Chimkentshina» i. ch. birlashmalari, «Elektroapparat», neftni qayta ishlash, kimyofarmatsevtika, sement, gʻisht zdlari va b. ishlab turibdi. Yengil (paxta tozalash, qorakoʻl zdlari), oziq-ovqat (goʻsht kti, yogʻ ekstraksiya, sutkonserva, mevakonserva, pivo zdlari) sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x