CHILUSTUN — Oʻzbekistonning Andijon viloyati va Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati chegarasidagi past togʻlar, PomirOlay tizmalarining tarmogʻi.
Xoʻjaobod tumani hududida. Shim. gʻarbdan jan. sharq va sharqqa 12 km ga choʻzilgan. Bal. 1200—1400 m gacha. Shim. yon bagʻri qiyaligi kamroq, asosan, adirlardan iborat.