CHILTOʻGʻON (aslida nomi Chilchoʻptoʻgʻon, yaʼni Chilpoya — yogʻochdan yasalgan qirq oyok^i toʻgʻon) — qad. gidrotexnika moslamasining maxsus turi. «Chorpoya — toʻrt oyoq», «sepoya — uch oyoq» turlari ham boʻlib, daryo, soy va kanal (shohariq) sohillarini mustahkamlash, toʻgʻon yoki suvayirgʻichlar barpo etishda foydalanilgan. Chilpoya toʻsinga ayri shaklida yogʻochda qator qirqta oyoq oʻrnatilib yasalgan.
Chiltoʻgʻon — chilpoyali chilchoʻptoʻgʻon Toshkent sh. ning asosiy suv manbai Kaykovus kanali. ustiga oʻrta asrlarda qurilgan. Sebzor va Koʻkcha daha yerlarini suv bilan taʼminlovchi suvayirgʻich — bosh toʻgʻon hisoblangan. Hoz. Chiltoʻgʻon oʻrnida Taxtapul suv taqsimlovchi gidrotexnika inshooti barpo etilgan.