CHILONJIYDADOSHLAR

CHILONJIYDADOSHLAR (Rhumnaseaye) — chilonjiydanamolar (Rhumnales) qabilasiga mansub oila. 60 turkumga oid 900 ga yaqin turi bor. Ch. yer yuzida juda keng tarqalgan. Oʻrta Osiyoda tabiiy holda 5 turkumga mansub 8 turi, Oʻzbekistonda esa 3 turkumga kiradigan 6 turi oʻsadi. Hayotiy shakliga koʻra, buta va past boʻyli daraxtlardan iborat. Barglari butun, yon bargchali, gullari toʻgʻri, oq yoki och yashil. Bir yoki ikki jinsli. Kosachasi 4—5 boʻlakli. Gultojibarglari 4—5 ta, changchilari 4—5 ta, ustunchasi 1 ta, tugunchasi ustki, mevasi danakcha. Chilonjiydadoshlarning chilonjiyda turkumi mevasining shifobaxshligi bilan juda qadrli. Xalq tabobatida qonni suyultirishda va qon bosimini tushirishda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x