CHILHUJRA

CHILHUJRA (fors. — qirq va hujra) — ilk oʻrta asr (4-a. oxiri — 8-a. boshi) qoʻrgʻoni. Tojikistonning Shahriston tumanining jan. joylashgan. 1961—66 y. larda qazish ishlari olib borilgan. Qoʻrgʻon toʻrtburchak shaklda, atrofi qalin devor bilan oʻralgan, burchaklarida minoralari boʻlgan4. Qoʻrgʻon paxsadan tiklangan. Chilhujra meʼmorligida gumbaz va ravoqlardan foydalanilgan. Chilhujradan devoriy rasmlar, yogʻoch haykallar, Tojikiston hududidagi eng qad. musiqa asboblari, zargarlik buyumlar topilgan. Sugʻd yozuvi bitilgan 3 ta taxtacha Chilhujradan topilgan noyob yodgorlik boʻlib, u Ustrushonapa yashagan aholining tili va yozuvi toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlar beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x