CHIJ

CHIJ (Spinus spinus) — chumchuqsimonlar turkumining saʼvalar urugʻiga mansub kush. Vazni 11 — 14 g. Narining koʻkragi sariq, boshining usti qora. Modasi kulrangqoʻngʻir, dogʻlari bor. Tumshugʻi qisqa. Yevropa, Gʻarbiy Osiyo, Gʻarbiy Sibir va Uzoq Sharqning qayin, qaragʻay va b. daraxtlar oʻsadigan aralash oʻrmonlarida, ayniqsa, togʻli joylarda keng tarqalgan. Baland daraxtlarning qalin shoxlarida uya yasaydi; 3—6 ta tuxum qoʻyib, modasi 12—14 kun bosadi. Asosan, oʻsimlik urugʻlari, baʼzan hasharotlar bilan oziqlanadi. Yashash arealining jan. qismi tashqarida — Shim. Afrika, Iroq, Jan. Xitoyda ham qishlaydi. Baʼzan, Oʻrta Osiyo (goho Toshkent, Bishkek, Olmaota kabi sh.)da ham uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x