CHIGʻATOY

CHIGʻATOY, Chigʻatoyxon (71242) — Chigʻatoy ulusi hukmdori (1224—42). Chingizxonnint 2oʻgʻli. Onasi Boʻrta fujin (xotun) qoʻngʻirot urugʻi vakili Day noʻyonning qizi boʻlgan. Saltanat qonunqoidalari (toʻra), udumlar, xususan, Chingizxon yasosinnnt beistisno bajarilishini nazorat qilish uning zimmasiga yuklatilgan. Ch. Chingizxon boshliq moʻgʻullarning bosqinchilik yurishlarida faol ishtirok etgan. 1211-y. da Xitoyga qarshi tashlangan harbiy safarda Chigʻatoy ukalari Oʻqtoy va Tulu hamroxligida bir nechta yirik shaharlarni zabt etgan. Oʻrta Osiyoning moʻgʻullar tomonidan istilo qilinishida faollik va qattiqqoʻllik koʻrsatgan Ch. Joʻji va Oʻqtoy bilan birgalikda Oʻtrorni 3 oylik qamaldan soʻng (1219) olgan. 1220-y. Urganch mudofaasi vaqtida Chigʻatoy bilan akasi Joʻji oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga chiqadi. Oqibatda Chingizxon lashkar qoʻmondonligiga Oʻqtoyni tayinlaydi. Chigʻatoy 1221-y. ning 25 noyab. da Sulton Jaloliddin bilan boʻlgan qaqshatqich jangda (q. Sind daryosi boʻyidagi ekang) otasi yonida turgan. Chingizxonning tangutlarga qarshi uyushtirgan harbiy safari chogʻida (1227) Chigʻatoy yurtni muhofaza qilish ishlariga boshchilik qilgan.

1224-y. Chingizxon moʻgʻullar zabt etgan yerlarni oʻgʻillariga mulk tarzida taqsimlab bergan. Sharqsa nayman qabilalari yashaydigan Oltoydan gʻarbda Jayxun (Amudaryo)gacha, Gʻuljadan Samarkandu Buxorogacha boʻlgan hududlar Chigʻatoyga tekkan. Uning qarorgohi Ili daryosi vodiysida joylashgan. Chigʻatoy oʻziga tegishli ulus boshqaruvini avval Maxmud Yalavochga, 1238-y. Mahmud Yalavoch Oʻqtoy tomonidan Pekin gubernatori (1254-y. gacha) etib tayinlangach, uning oʻgʻli Masʼudbekka (1238 — 89) topshirgan (q. Masud Yalavoch). Oʻzi umrining oxirigacha Oʻqtoy qoon saroyida hukmdorning maslahatchisi sifatida faoliyat koʻrsatgan. Chigʻatoy nomi bilan uning ulusi Chigʻatoy ulusi, Movarounnahr aholisi soʻzlashadigan til esa chigʻatoy tili deb nom olgan (q. Chigʻatoylar).

Ad. Rashidad-Din, Sbornik letopisey, t.2, M. L., I960; Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; Mirzo Ulugʻbek Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.

Hamidulla Dadaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x