CHIGʻATOYLAR — 13-a. 2yarmi 16-a. boshlarida Movarounnahr aholisi nomi. Chingizxonnnsh oʻgʻli — Chigʻatoy nomi bilan bogʻliq. Maʼlumki 13-a. boshlarida Movarounnahr Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Bu davrda (13—14-a. lar) «Chigʻatoy» atamasi dastlab Chigʻatoy atrofidagi aslzodalar, qoʻshini va ularning avlodlarini anglatgan. 14-a. da koʻchmanchi va oʻtroq turkiy aholining aralashuvi natijasida yangi elat shakllangan. Keyinchalik 15-a. da Movarounnahr va Sharqiy Turkistonning turkiy aholisi Chigʻatoylar deb atalgan.
15-a. oxiri — 16-a. boshlarida Movarounnahrning turkigoʻy va forsigoʻy oʻtroq aholisi Chigʻatoylar deb ataldi. 16—17-a. larda Movarounnahrning oʻtroq turkiy aholisining katta qismi oʻzbek nomini qabul qildi. 18-a. manbalarida Boburiylar saltanatining qoʻshini Chigʻatoylar deb atalgan.
19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Chigʻatoylarning maʼlum qismi turkigoʻy boʻlsa, qolgani forsigoʻy boʻlgan. Lekin, ularning koʻpchiligi 2 til — turkiy va forsiyda erkin soʻzlashgan. 20-a. boshlarida Oʻzbekiston va Tojikistonning janda Shayboniyxon yurishlarigacha yashagan aholi avlodlariga nisbatan Chigʻatoylar atamasi ishlatilgan. 20-a. boshlarida Chigʻatoylarning asosiy qismi hoz. Oʻzbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida va Tojikistonning jan. da yashagan. Chigʻatoylarning maʼlum guruxlari Oʻzbekistonning Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari hamda Shim. Afganistan va Pokistonda ham yashagan.
Ad.: Karmыsheva B. X., Ocherki etnicheskoy istorii yujnыx rayonov Tadjikistana i Uzbekistana, M., 1976.