ChEXIYA

ChEXIYA (Cechy), Chexiya Respublikasi (Ceska Republika) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 78,9 ming km2. Axrlisi 10,5 mln. kishi (2002). Poytaxti — Praga sh. Maʼmuriy jihatdan 14 obl. (viloyat)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Chexiya — suveren, demokratik davlat. Amaddagi konstitutsiyasi 1992-y. 16 dek. da qabul qilingan va 1993-y. 1 yanv. dan kuchga kirgan, 1997-y. 23 okt. da tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻiprezident (2003-y. dan Vaslav Klaus), u parlamentning ikkala palatasi tomonidan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — deputatlar palatasi va Senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyat organi prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat.

Tabiati. Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning atrofida oʻrtacha balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar (KrushneGori), Krkonoshe togʻlari (eng baland joyi 1602 m, Snejka togʻi) bor. Chexiya togʻlarining ichki qismi — Chexiya soyligi tepaliklar va ularni ajratib turuvchi past toglardan iborat. Moraviyada ham tepalik va past togʻlar koʻp. Chexiyaning jan. va markaziy kismida ChexiyaMoraviya qirlari bor. Chexiyada kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud.

Iklimi moʻtadil iklim. Gʻarbdan sharqqa va ichki soyliklarda kontinentallashib boradi. Tekisliklarda oʻrtacha tra yanv. da —2° dan —4° gacha, togʻlarda —8° dan — 10° gacha, iyulda 19—20°, togʻlarda 4—8°. Yillik yogʻin tekisliklarda oʻrtacha 500—700 mm, togʻlarda 1600—2100 mm. Mamlakatjan. va gʻarbida uncha katta boʻlmagan koʻllar bor. Asosiy daryolari — Laba (Elba), Vltava. Togʻ yon bagʻirlari aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Hayvonlardan togʻlarda qoʻngʻir ayiq, tulki, kiyik, yovvoyi echki, tekisliklarda kemiruvchilar, kaltakesak va qushlarning koʻp turlari bor.

Aholisining koʻpchiligi — chexlar (81,3%); slovak, polyak va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 70%. Rasmiy tilchex tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Iirik shaharlari: Praga, Brno, Plzen, Ostrava.

Tarixi. Chexiya hududida odam paleolit davridan boshlab yashaydi. Mil. av. taxm. 400-y. larda bu yerda keltlar, mil. av. 1-a. da kelt qabilalarining boyi guruhi yashagan (Ch. ning lot. Bohemia, nem. Bohmen nomi ham shundan). 1ming yillik oʻrtalarida Chexiyada slavyan qabilalari koʻpchilikni tashkil etdi. 7-a. da Chexiya xududi Samo davlati, 9—10-a. boshlarida Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirdi. 10-a. da paydo boʻlgan Praga knyazligi ilk chex davlatining oʻzagi boʻlib qoldi. 1198-y. dan qirollikka aylandi. 1310—1437-y. larda chex yerlari Lyuksemburglar sulolasi mulki tarkibida boʻldi. 15-a. ning 1yarmida Chexiyada kuchli ijtimoiyinqilobiy, milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtdi (q. Guschilar harakati). 1526-y. Ch. Gabsburglar imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan qoʻshib olindi. 1618—20 y. larda chex qoʻzgʻolonining magʻlubiyatidan soʻng, uning provinsiyasiga aylandi. 18-a. oxiri — 19-a. 1yarmida chex tili, milliy madaniyatini saqlash va rivojlantirish uchun milliy harakat avj oldi. 19-a. ning 30—40-y. larida u siyosiy tus ola boshladi. 1848-y. Pragadagi Svyatovaslav yigʻini Gabsburglar imperiyasida 1848—49 y. inqilobi boshlanishiga olib keldi. 1867-y. Ch. AvstriyaVengriyaning Avstriya qismi tarkibiga kirdi. 1878-y. Ch. da Chexoslavyan sotsialdemokratik ishchi partiyasi tuzildi. 1918-y. AvstriyaVengriya parchalangach, Chexiya Slovakiya bilan birlashib mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tashkil etdilar. 1938-y. okt. boshlarida Germaniya Ch. ning Sudet viloyati deb nomlangan hududini, 1939-y. martda barcha chex yerlarini bosib oldi va uni «Bogemiya va Moraviya protektorati» deb eʼlon qildi. Chex xalqining 1945-y. maydagi qoʻzgʻoloni natijasida 1945-y. 9-mayda Praga sh. ozod qilindi; chex yerlari va Slovakiya Chexoslovakiya Respublikasi doirasida qayta birlashtirildi. Chexiya 1948-y. 9-maydan Chexoslovakiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1960-y. 11-iyuldan Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi, 1990-y. 29-martdan Chexoslovakiya Federativ Respublikasi, 1990-y. 20 apr. dan 1992-y.

31 dek. gacha Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi tarkibida boʻldi. Chexiya va Slovakiya Federatsiyasining 1992-y. 25 noyab. dagi Chexiya va Slovakiya Federatsiyasining tugatilishi toʻgʻrisidagi federal qonuniga binoan Chexiya 1993-y. 1 yanv. dan suveren davlatga aylandi. Chexiya 1993-y. dan BMT aʼzosi. 1992-y. 24 yanv. da OʻzR suverenitetini tan olgan va 1993-y. 1 yanv. dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 28 okt. — Mustaqil Chexoslovakiya tashkil boʻlgan kun (1918).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Fuqarolar demokratik partiyasi, 1991-y. 23 fev. da tashkil etilgan; Fuqarolar demokratik alyansi, 1989-y. tuzilgan; Demokratik ittifoq partiyasi, 1994-y. asos solingan; Ch. va Moraviya kommunistik partiyasi, 1990-y. tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi partiyasi, 1998-y. tuzilgan; Chexiya sotsialdemokratik partiyasi, avvalgi nomi Chexoslovakiya sotsialdemokratik partiyasi, 1989-y. dan mustaqil partiya sifatida faoliyat yuritadi. ChexMoraviya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-y. tashkil etilgan, 31 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.

Xoʻjaligi. Chexiya — industrialagrar mamlakat. Milliy daromadda q. x. 5%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 61,2% ni tashkil etadi.

Sanoatida yoqilgʻienergetika va qora metallurgiya (Ostrava rni), kimyo, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qoʻngʻir kumir va toshkoʻmir qazib olinadi. OstravaKarvina toshkoʻmir, Shim. Chexiya va Sokolov qoʻngʻir koʻmir havzalari, temir ruda konlari mavjud. Yiliga oʻrtacha 58,7 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari — Praga, Plzen, Ostrava, Brno.

Qishloq xoʻjaligida, asosan, qand lavlagi, bugʻdoy, javdar, arpa, yemxashak ekinlari, kartoshka va b. ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan, koʻp miqdorda qulmoq (xmel) yetishtiriladi. Goʻshtsut chorvachiligiga asosiy eʼtibor beriladi (choʻchqa, qoʻy, qoramol, parranda boqiladi). Suv havzalarvda baliq yetishtiriladi.

T. y. uzunligi 9,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 124,8 ming km. Vltava va Laba daryolarida kema qatnaydi. Asosiy dare portlari — Praga va Dechin. Pragada xalqaro aeroport bor. Chexiya chetga mashina va jihozlar, yengil, shishakeramika sanoati mahsulotlari, kumir chiqaradi. Chetdan neft, gaz, kora metall, isteʼmol mollari oladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Rossiya bilan savdo kiladi. Pul birligi — chex kronasi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Chexiyada 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 y. lik majburiy taʼlim joriy etilgan (asosiy maktab). 8 y. lik maktab negizida toʻliq oʻrta maktab, gimnaziya, oʻrta kasbhunar bilim yurtlari va maktablari faoliyat yuritadi; ular malakali ishchilarni tayyorlaydi. Chexiyada 23 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Praga universitetы, Politexnika inti, Iqtisodiyot inti, Tasviriy sanʼat akademiyasi, Musiqa sanʼati akademiyasi (hammasi Praga sh. da), Brno, Olomous sh. laridagi universitetlar, Ostravadagi konchilik inti. Oliy ilmiy muassasasi — Chexiya FA. Vazirlik va muassasalarning geol., gidrometeorologiya, suv xoʻjaligi markaziy i. t. institutlari bor. Yirik kutubxonalari: Praga universiteti kutubxonasi, davlat kutubxonasi, Chexiya FA asosiy kutubxonasi, Ya. A. Komenskiy nomidagi ped. davlat kutubxonasi, Brnodagi universitet kutubxonasi, davlat ilmiy kutubxonasi. Ostrava, Olomous, Plzen va b. shaharlarda ham ilmiy kutubxonalar bor. Chexiyada bir qancha muzey va galereyalar mavjud. Yiriklari: Pragadagi Milliy muzey va Milliy galereya, Naprstak nomidagi etn. muzeyi, A. Dvorjak muzeyi, B. Smetana muzeyi, planetariy, chex milliy yozuvi muzeyi va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Chexiya bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiylari: «Vechernik Praga» («Praga oqshomi», chex tilidagi kundalik gaz., 1955-y. dan), «Vlasta» (Vlasta — ayol ismi; chex tilidagi haftalik jur., 1947-y. dan), «Zrsadlo» («Oyna», yoshlarning oylik jur., 1990-y. dan), «Lidova demokratsiya» («Xalq demokratiyasi», chex tilidagi kundalik gaz., 1945-y. dan), «Pravo» («Huquq», chet tilidagi kundalik mustaqil gaz., 1991-y. dan), «Pravo lidu» («Xalq huquqi», chex tilidagi kundalik gaz., 1989-y. dan), «Pratse» («Mehnat», kasaba uyushmalarining chet tilidagi kundalik gaz., 1945-y. dan). Chexiya telegraf agentligi axborot agentligi boʻlib, 1918-y. Chexoslovakiya telegraf agentligi sifatida tashkil topgan; 1992-y. dan hoz. nomda. Chexiya radiosi va televideniyesi (1992-y. dan) faoliyat yuritadi.

Adabiyoti. 9-a. da paydo boʻlgan chex yozuvi dastlabki eski slavyan tilida rivojlandi. Bunda akauka Kirill va Mefodiylarning maʼrifatparvarlik faoliyatlari muhim rol oʻynadi. Buyuk Moraviya davlati agʻdarilgach (906), lotin tili yoyiddi. Pragalik Kozmaning «Chex xronikasi» asari (1125) lotin tilida yaratilgan yirik asar xisoblanadi. Dalimil Mezirjisskiyning 14-a. boshlarida yaratgan «Dalimil xronikasi» asari chex tilidagi kad. adabiy yodgorlikdir. Chexiyaning birinchi mashhur yozuvchisi hajvchi S. Flyashka (14-a. — 1403) dir. 15-a. da Yan Gus, Yan Jelinskiy, P. Xelchiskiy antikatolik ruhda asarlar yozdilar. AvstriyaVengriya hukmronligi davrida chex adabiyoti taʼqibgauchradi. 17-a. dagi yirik adabiy yodgorlik — Ya. A. Komenskiy asarlari boʻldi. Y. Dobrovskiy, Y. Yungman, P. Y. Shafarik, F. Palaskiy, A. Ya. Puxmayer, V. Ganka, Ya. Kollar, F. K. Chelakovskiy kabi olim va yozuvchilar chex milliy Uygʻonish davri (18-a. oxiri — 19-a. 1yarmi)ning buyuk arboblari hisoblanadi. Bu davr adabiyotda slavyan xalqlarining birligi, chex xalqining huquqi, slavyanlar xalq ogʻzaki ijodiga murojaat, milliy madaniyatni yaratish uchun kurash gʻoyalari aks etdi. 1848—49 y. inqilobi taʼsiri natijasida adabiyotda milliy ozodlik gʻoyalari kuchaydi, ijtimoiy masalalarga eʼtibor oshdi. K. GavlichekBorovskiy va B. Nemsova Avstriya monarxiyasidagi ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib chiqdilar. Tanqidiy realizmning paydo boʻlishi, asosan, Ya. Neruda ijodi bilan bogʻliq. A. Stashek asarlari, A. Irasek, V. B. Trshebizskiy tarixiy nasri ijtimoiy romanning shakllanishida asos boʻldi. Sheʼriyatning ijtimoiy ahamiyati oshdi (S. Chex, Ya. Vrxliskiy, Y. V. Sladek). 19a. oxiri va 20-a. boshlarida modernistik va dekadentlik oqimlari paydo boʻldi. 1920—30 y. larda yozuvchi Karel Chepek, 1940-y. larda shoir Yaroslav Zeyfert samarali ijod qildi. Urushdan keyingi davr adabiyotda antifashistik mavzu keng oʻrin egalladi. Bu sohada yozuvchilardan V. Rjezach, V. Nezval ijodi muhim oʻrin tutadi. 1960—80-y. larda Vaslav Gavelning Chexoslovakiya hayotini aks ettirgan dramalari, Milan Kunder, Bogumir Grabal kabi yezuvchilarning asarlari paydo boʻldi. Ammo adabiyotning asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini ijtimoiy va milliy ozodlik kurashi masalalari belgilab berdi (A. Matsek, P. Bezruch, A. Sova, Y. S. Maxar sheʼriyati, I. Olbraxt, Ya. Gashek, M. Mayerovalar ilk nasri).

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Chexiyada paleolit davri haykalchalari, neolit davriga oid keramika va b. saqlanib qolgan. Katolitsizm qabul qilingach (865), Vizantiya, Gʻarbiy Yevropadagi kabi toshdan cherkovlar qurildi (StareMesto yaqinidagi ibodatxona xarobalari, 9-a., Pragadagi avliyo Vita ibodatxonarotondasi, taxm. 930). 11 —13-a. larda roman uslubi shakllandi. 13-a. oʻrtalari — 15-a. 1yarmida meʼmorlikda gotika sanʼati ravnaq topdi (Krshivoklatdagi qasr, 13—16-a. lar, Pragadagi avliyo Vita sobori sharqiy qismi). 16-a. 1yarmida Chexiya meʼmorligida Uygʻonish davri uslubi unsurlari paydo boʻldi (Pragadagi Belveder saroyi, taxm. 1536—36), 17-a. ning 2yarmidan barokko uslubidagi saroylar kurila boshladi (KlamGallasov saroyi, taxm. 1713—25, meʼmor Y. B. Fisher fon Erlax). 18-a. oxiri — 19-a. boshlari meʼmorlikda klassitsizmdan soʻng eklektika ruhidagi «milliy romantika» yoʻnalishi qaror topdi (Pragadagi Milliy muzey, 1884—90, meʼmor Y. Shchuls). 19-a. oxiri — 20-a. boshlari modern uslubi oʻrnini ratsionalizm egalladi. 1920 — 30-a. lar meʼmorlikda funksionalizm milliy maktabi shakllandi (GradesKralove sh. dagi Y. Gocher inshootlari). Haykaltaroshlikda ham kjsak yutuklarga erishidpi. 1950-y. lar Pragada yaratilgan chex xalkining milliy qahramoni Yan Jijka, rassom Y. Manes (ikkalasining haykaltaroshi B. Kaofka), Yan Gus (haykaltarosh K. Lidiskiy), yovuzchi B. Nemsova (haykaltarosh K. Pokorniy) haykallari, V. Makovskiyning «Yangi asr» kompozitsiyasi diqqatga sazovor. 1945-y. dan keyin turar joylar, jamoat markazlari, yangi maʼmuriy va madaniymaishiy binolar kurish avj oldi. Jumladan, Brno sh. dagi xalqaro mashinasozlik yarmarkasi majmui (meʼmorlar 3. Aleks, F. Lederer), Yeshted togʻidagi teleminora va mehmonxona (meʼmorlar K. Gubachek, 3. Patrmak) va b. ni koʻrsatish mumkin. 1970—80-y. larda Pragada «Internatsional» mexmonxonasi (meʼmorlar K. Filsak, I. Shves), «Kotva» univermagi (meʼmorlar V. va V. Maxoninlar) va Madaniyat saroyi (meʼmorlar Ya. Mayer, A. Marek, Ya. Kralik, V. Ustogal), Pragadagi uz. 485 m boʻlgan osma koʻprik (meʼmorlar V. Mixalek, S. Gubechka) yaratildi.

Chexiyada 7-a. da keramika, zargarlik buyumlari tayyorlangan. 11—13-a. larda devoriy rasmlar, miniatyuralar paydo boʻldi. 13-a. oʻrtalari — 15-a. 1yarmida gotika uslubi ravnaq topdi. 14-a. 2yarmida portret yaratish sanʼati rivojlandi. 14a. oxiri — 15-a. boshlaridan Chexiya tasviriy sanʼatida amaliybezak sanʼati (badiiy shisha, vitraj, mozaika, zargarlik buyumlari) keng yoyiddi. 17—18-a. tasviriy sanʼati barokko uslubida rivojlanishi bilan birga, unda realistik va demokratik yoʻnalishlar namoyon boʻldi. Bu davrda haykaltaroshlardan M. B. Braun va F. M. Brokof mashhur boʻlgan. 18-a. oʻrtalarida haykaltaroshlik va rassomlikda rokoko va klassitsizm unsurlari paydo boʻddi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida Chexiya sanʼatida klassitsizm va romantizm bilan birga realistik tendensiyalar yoyildi. Rassomlar milliy tarix, oʻlka tabiatini tasvirlash mavzuida asarlar yaratdilar. 19-a. oxirgi choragida rassom M. Alesh, haykaltarosh Y. V. Mislbek ijodi rivojlandi. Bu davrda grafika modern uslubida taraqkiy etdi, haykaltaroshlik da Ya. Shtursa asarlari ajralib turdi. 20-a. boshida avangardizm vakillari B. Kubishta, E. Filla, A. Proxaziya, Ya. Zrzaviy, R. Kremlichka ijod qildilar. 1918-y. mustaqil Chexoslovakiya respublikasi tashkil boʻlgach, milliy madaniyatni rivojlantirish imkoniyati paydo boʻldi. Koʻp avangardchi rassomlar oʻz asarlarida real voqelikni aks ettirdilar (V. Novak, O Kubin, Y. Chapek, V. Rabas). Ayrim rassomlar ishchilar sinfi kurashini haqqoniy tasvirladilar (K. Golan, K. Shtika rang-tasvir asarlari, K. Pokorniy, Lauda haykallari, F. Bidlo, V. Silovskiyning grafik asarlari). 20-a. ning 20—30-y. larida chex sanʼatida ijtimoiytanqidiy yoʻnalish shakllandi. 1945-y. Chexoslovakiya nemisfashistlardan ozod etilgach, rassomlar E. Filla, A. Paderlik, V. Sedlichek, haykaltaroshlar V. Makovskiy, K. Lidiskiy, K. Pokorniy samarali ijod qildilar. Bu davrda monumentalbezak sanʼati turlari rivojlandi. 1970—80y. lar sanʼatkorlari orasidan A. Zabravskiy, R. Kolarj, Y. Broj kabi rassom va grafiklarni, I. Maleyovskiy, M. Aksman kabi haykaltaroshlarni koʻrsatish mumkin. Bu davrda amaliybezak sanʼati turlari keng yoyildi (badiiy oyna, toʻquvchilik va h. k.).

Musiqasi. Chexiya musiqa madaniyati boy xalq ijodi — maishiy, mehnat, marosim qoʻshiq va raqslari asosida rivojlanib keldi. Cholgʻu asboblari — fuyar, volinka, nay, truba, sitra, arfa va b. 9-a. dan professional — diniy (cherkov) hamda dunyoviy musiqa ijodi taraqqiy etdi. 15-a. da bir ovozli «guschilar qoʻshigʻi», 16-a. dan polifoniya musiqasi rivojlandi (A. Mixna, Y. Rixnovskiy, Ya. Turnovskiy va b.). 17—19-a. larda koʻpgina chex kompozitor va sozandalari oʻz Vatanini tark etib boshqa mamlakatlarda samarali ijod kilishdi: Venada F. Tuma, Ya. Vanxel, V. Yiroves va b., Parijda A. Reyxa, Italiyada B. Chernogorskiy, Y. Mislivichek, Germaniyada Ya. Zelenka, Mangeym maktabi vakillari va h. k. 1737-y. Pragada opera teatri, 1783-y. Nostiskiy milliy teatri, 1811-y. Pragada konservatoriya, 1831-y. organ maktabi, 1881-y. Milliy teatr ochildi. 1891-y. Chex kvarteti, 1901-y. Chex filarmoniyasi, 1920-y. Praga kvarteti, 1928-y. Praga puflama soz kvintetiga asos solindi. F. Shkroup chex tilidagi birinchi operani yaratdi (1826). B. Smetana va A. Dvorjak chex mumtoz musiqa maktabi asoschilaridir. 3. Fibix va L. Yanachek ularning izdoshlaridir. 19-a. oxiri — 20-a. 1yarmida I. B. Fyorster, V. Novak, Y. Suk, B. Martinu, V. VLeysek, O. Ostrchil kabi kompozitorlar samarali ijod qiddilar. Ijrochilar orasida dirijyor V. Talix, skripkachilar F. Laub, O. Shevchik, Ya. Kubelik, xonandalar V. Gesh, B. Benoni, K. Burian, E. Destinovalar ajralib turadi. 1930-y. larning oʻrtalaridan ilgʻor musikachilar antifashistik mavzuda asarlar yaratdilar. 2-jahon urushidan keyin kompozitorlar jamiyatdagi oʻzgarishlarni aks ettirishga intildilar (V. Dobiash, E. Akeman, B. Martinu, K. Burian va b.). 1960—80-y. larda kompozitorlardan Y. Pauer, V. Sommer, L. Jelezni, S. Gavelka, V. Kalabis mashhur boʻlgan. Smetana, Yanachek nomidagi torli kvartetlar, Y. Suk nomidagi torli trio shuhrat qozongan.

Teatri. 16—17-a. larda maktab teatri, ayniqsa, havaskorlik teatri koʻplab paydo boʻldi. 1737-y. Pragada birinchi doimiy teatr binosi — «Teatr u Kotsu» quriddi. 1786—89 y. lar «Bouda» teatrida chex tilidagi truppa ishlay boshladi. 19-a. 1yarmida chex dramaturgiyasida Ya. N. Shtepanek (rej. ham boʻlgan), V. Klisper, Y. K. Til (professional teatrning rivojlanishida xizmati katta boʻlgan)ning asarlari paydo boʻldi. Y. Til 1824—34 y. larda chex truppasini, 1835—37 y. larda «Teatr u Kaetana» nomidagi havaskorlar jamoasiga rahbarlik qildi. 1862—83 y. lar Pragada Muvaqqat teatr faoliyat koʻrsatdi. Bu teatrda aktyorlardan Y. Moshna (chex realistik aktyorlar maktabi asoschilaridan), Y. Bitner, Ye. Peshkova, K. Shimanovskiy, F. Kolar, rej. lardan Y. Kolar, E. Xvalovskiy ishlagan. 1881-y. dan «Teatr u Libushe» teatri ishlay boshladi. 1883-y. Pragada Chex milliy teatriga asos solindi (20-a. ning 70—80-y. larida mamlakat teatr hayotining markaziga aylandi). 19-a. oxiri — 20-a. boshlari Lirik teatr (1911-y. asos solingan), Sanʼat teatri (1912—13) faoliyat koʻrsatdi, havaskorlik teatrlari koʻpaydi. Plzen, Brno va b. shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. 1919-y. dan Brno, 1920-y. dan Olomous shahar teatrlari, 1933-y. dan Pragada «D34» teatri ishlay boshladi. Bu davr teatr arboblaridan aktyorlar — V. Vidra, Ya. Shkoda mashhur boʻlgan. 2-jahon urushidan keyin Pragada Realistik teatr, Satira teatri tashkil etildi; 60—70-y. larda kichik tajriba teatrlari faoliyat koʻrsatdi. 1970—80 y. lardagi aktyorlardan O. Kreycha, F. Smolik, Ya. Pruxa, 3. Shtepanek, B. Zagorskiy, rej. lardan M. Mixachek, K. Paloush, K. Novak, hoz. kompozitorlardan P. Eben, S. Gavelka, opera ijrochilari G. Benyachkova, E. Gruberova, P. Dvorskiy va b. ni koʻrsatish mumkin.

Oʻzbekiston — Ch. munosabatlari. 1993-y. imzolangan «Savdoiqtisodiy va ilmiy texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida»gi hukumatlararo bitim ikki tomonlama savdoiqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1997-y. yanv. da Chexiyaga qilgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea boʻldi. Tashrif chogʻida bir qancha hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar orasida sarmoyalarni oʻzaro himoyalash va ragʻbatlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqaruvchi muassasalar va milliy banklarning hamkorligi toʻgʻrisidagi hujjatlar alohida oʻrin oladi. 1999-y. da esa, birdek manfaatdor hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya, avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni tashish toʻgʻrisida, 2000-y. da ikki tomonlama soliq solish va mulkdan keladigan daromaddan soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 2004-y. 1-maydan Chexiya Yevropa Ittifoqiga qoʻshilganidan keyin 1993-y. da imzolangan savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim oʻz kuchini yoʻqotdi. Shu munosabat bilan tomonlar 2004-y. 28-iyunda iqtisodiyot, sanoat va ilmiytexnikaviy sohalarda hamkorlik boʻyicha yangi bitimni imzoladilar. 2003-y. ikki tomonlama tovar aylanmasi 20,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Chexiyaga gazlama, yigirilgan ip, paxta momigʻi, jun, oshlovchi va boʻyovchi ekstraktlar, sut mahsulotlari chiqaradi. Chexiyadan mexanika va elektr jihozlar, doridarmon, qora metall va undan tayyorlangan buyumlar, qogʻoz va karton, kauchuk va rezina buyumlari va b. oladi. Oʻzbekistonda chexiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 30 korxona mavjud. Ular orasida Chexiya sarmoyasi 100% boʻlgan 2 korxona bor. Ular q. x. mahsulotlarini qayta ishlash, xalq isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, doridarmon i. ch. sohalarida faoliyat koʻrsatadi. Tashqi iqgisodiy aloqalar agentligida Chexiyaning «Eri ell Korporeshn», «Mars SZ», «Tomas Praga», «CHKD Nove Energo», «AyveksCHR», «Yason Travel», «Yansen» kabi kompaniyalari roʻyxatdan oʻtgan. Ikki davlat oʻrtasida materialshunoslik, mikroelektronika, yadro fizikasi, priborsozlik, mashinasozlik, tibbiyot va farmakologiya, shuningdek, intellektual mulkni muhofaza qilish huquqi boʻyicha ilmiytexnikaviy aloqalar rivojlanmoqda. 1994-y. dan Liditse sh. da oʻtkaziladigan Jahon bolalar ijodi koʻrgazmasida Oʻzbekistondan ham bolalar ishtirok etadi. 1994 — 2001-y. larda ular 41 ta mukofotga sazovor boʻldilar. UzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Chexiyaning «Xemapol», «Kovo», «Loxema» farmatsevtika firmalari bilan hamkorlik qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x