ChEK

ChEK, pol — tekislangan tuproq va marzalar bilan oʻralgan dala uchastkasi; sholi ekishda, bostirib sugʻorishda yoki tuproq shoʻrini yuvishda qoʻllaniladi. Chekning kattakichikligi yer nishabi va joy relyefiga bogʻliq. Yer nishabi 0,0005 dan kichik boʻlsa, Chek eni 10—25 m (nishabi katta tomon boʻyicha), uz. 50—70 m (nishabi kichik tomon boʻyicha), imkoni boricha eni toʻgʻri burchakli qilib olinadi, yaʼni Chek mayd. 0,07—0,20 ga boʻladi. Nishabi bundan katta boʻlgan yerlarda Chek eni kamaytiriladi. Nishabi past uchastkalarda va mexanik tarkibi ogʻir qumoqli va gilli tuproqlarda Chek maydoni 2 ga gacha boʻlishi mumkin. Kapital shoʻr yuvishda Chek maydoni va kattakichikligi (oʻlchamlari), odatda, muvaqqat zovurlarning joylashish holatiga qarab belgilanadi. Bostirib shoʻr yuvilganda Chekda suv qatlami 20—30 sm boʻlishi kerak; marza bal. (suv sathi yuqorisida zapas boʻlishini nazarga olib) 45—60 sm boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x