ChEChENLAR

ChEChENLAR (oʻzlarini noxchiy deb atashadi) — asosan, Checheniston va Ingushiyadagi xalq (734,5 ming kishi). RF da jami — 899 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Chechen tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Chechenlar qardosh ingushlar kabi Shim. Kavkazning tub aholisi hisoblanadi. 7-a. arman manbalarida naxchamatyan nomi bilan qayd etilgan. Chechenlarning anʼanaviy mashgʻuloti — pasttekisliklarda dehqonchilik, togʻlarda chorvachilik. Anʼanaviy hunarmandchilik (kulolchilik, qurol yasash, zargarlik) taraqqiy etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x