CHAYONLAR (Scorpiones) — oʻrgimchaksimonlar turkumi, baʼzan mustaqil sinf sifatida qaraladi. Uz. 1—20 sm. Boshkoʻkragi yaxlit qalqon bilan qoplangan. Bu qalqon oʻrtasida 2 juft, uning 2 yonida bir necha juft koʻzlari bor. Kutikulasi mum qavati bilan qoplangan. Korin qismi kengaygan. Ingichka keyingi boʻlimi boshkoʻkrak tomoniga egiluvchan. Bir juft zahar bezi keyingi qorinning oxirgi boʻgʻimida joylashgan boʻlib, sanchuvchi nashtarga ochiladi. Xemitseralari mayda, qiskichsimon. Oyoq paypaslagichlari uchki kismi yirik qisqichga aylangan. Oʻpka orqali nafas oladi. Spermatoforlar yordamida urugʻlanadi. Chayonlar tirik tugʻadi. 750 ga yakin turi, jumladan, Oʻzbekistonda bir necha turi bor. Chipor (sariq) Ch. koʻp uchraydi. Yirtkich, tunda ov qiladi. Chaqqanida qattiq ogʻriydi. Ayrim tropik turlarining chaqishi kishini oʻlimga olib kelishi mumkin (yana q. Chayon chaqishi).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые