CHAUSHESKU (Seausescu) Nikolaye (1918.26.1, Olt uyezdi, Skornicheshti qishlogʻi — 1989. 22.12, Buxarest) — Ruminiyada diktatorlik rejimi oʻrnatgan hukmdor. 1955-y. dan Ruminiya kompartiyasi rahbariyatida (1965-y. dan esa bosh kotibi). Davlat kengashi raisi boʻlgan (1967—74). Ruminiya prezidenta (1974—89). Xalq qoʻzgʻoloni natijasida hokimiyatdan agʻdarilib, otib tashlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые