Chaqaloqlardagi mastopatiya nima❓
👶Yangi tug’ilgan chaqaloqlar mastopatiyasi kelib chiqishiga sabab homiladorlik vaqtida onadagi estrogenlar miqdori bolaga xam o’tishidir.
Shuning natijasida chaqaloqlarda ko’krak bezi kattalashadi. Bazan qizarish, shish ham kuzatilishi mumkin.
❗️Uni siqish mumkin emas, agar jarayon uzoq davom etsa bola bezovdalanadi yoki ikkilamchi infeksiya qo’shilishi natijasida chaqaloqda mastit rivojlanishi mumkin.
⭕️Mastopatiyani davolash shart emas 3 — 4 kunda o’zi yaxshi bo’lib ketadi. Faqat shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilib chaqaloq ko’krak bezi sohasini toza saqlash kerak.
✅ Agar holat yaxshilanmasa vrach pediatr yoki bolalar xirurgiga olib chiqing!