CHAQALOQLARDA O‘QCHISH

CHAQALOQLARDA O‘QCHISH

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qayt qilishga o‘xshash o‘qchishni kuzatish mumkin. Qayt qilishdan farqli o‘qchishda qorin bo‘shlig‘i mushaklari ishtirok etadi. Ovqat hazm qilish tizimidagi bo‘lmalar sfinkterlarining rivojlanmagani sababli, qorin bo‘shlig‘idagi qisqarish natijasida oshqozondagi massa to‘siqlarsiz tashqariga chiqib keta oladi.

Mazkur fiziologik jarayon emizish mahali oshqozonda to‘plangan havoni chiqarib yuboradi.

Asosiy alomatlari:

  • Ovqatdan so‘ng bir marta o‘qchish kuzatiladi;
  • Oz miqdordagi sut, suv tashqariga chiqadi;
  • Bolaning holati o‘zgarmaydi.

Chaqaloqda o‘qchish ko‘rinishidagi qayt qilish chaqiriqlari uzoq muddat davom etsa, bir necha marta qayt qilsa, qayt qilingan massada qon aralashmasi kuzatilsa, massa sariq yoki yashil tusda bo‘lsa, hamda hidi o‘zgarganida bu holatni patologiya sifatida baholash zarur va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish shart.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x