Chaqaloqlarda akrotsianoz
Terining ko‘k rangga bo‘yalishi, mayda kapillyarda qon aylanishini buzilishi bilan bog‘liq.
Gavdaning yurakdan uzoqdagi qismlaridagi sianoz akrosianoz deb ataladi:
-qo‘l va oyoq barmoqlari
-burun uchida
-lablar va og‘iz atrofida
-quloq suprasida
(Rasmda lablar va og‘iz atrofidagi sianozi)
Akrotsianoz ko‘proq chala tug‘ulgan chaqaloqlarda uchraydi.
Sabablari:
-Yurak yetishmovchiligi
-Yurak tug‘ma poroklari (qorinchalararo to‘siq deffekti)
-Sovuq qotish
-Kuchli bezovtalanish(qattiq qichqirish va yig‘lash)
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda akrotsianoz aniqlanishi har doim kasallik belgisi hisoblanmaydi!
❗️Bolada og‘iz atrofi ko‘karishi aniqlanganda beparvolik qilmasdan darhol vrach Pediatrga ko‘rsatish lozim!
© Doctor Muxtorov