Chaqaloqlar shamollaganda nima qilish lozim?

Afsuski, chaqaloq shamollashi bu noyob holat emas. Chaqaloqlar har qanday virusga qarshi deyarli himoyasizdir. Shuni ta’kidlash kerakki, ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlar maxsus aralashmalarni iste’mol qiladigan chaqaloqlarga qaraganda O’RVIga nisbatan kamroq sezgir bo’ladi.

Qanday qilib aniqlash mumkin?

Chaqaloqlarda shamollash alomatlari kattalardagi shamollash alomatlaridan farq qilmaydi. Vaziyatning qiyinchiligi faqatgina kichlintoy sizga nimadan ranjiyotganini aytib bera olmasligidir. Bunday hollarda ota-onalar hushyor va e’tiborli bo’lishlari kerak.

Eng yaqqol va aniq belgilari — yo’tal va burun bitishidir. Bu belgilar faqat shamollash uchun xarakterlidir. Haroratning ko’tarilishi ham juda aniq bir alomatdir. Ammo bu juda shubhali, chunki isitma nafaqat O’RVIda kuzatiladi. Bundan tashqari, ko’plab pediatrlar 37,5 °C gacha bo’lgan harorat chaqaloq uchun normal deb hisoblashadi. Lekin bu yerda hammasi individual xususiyatlarga bog’liq.

Chaqaloqning shamollashi haqida ishtahaning yo’qolishi, holsizlik, faolligining pasayishi va umumiy zaiflik ham so’zlashi mumkin. Chaqaloqlar shamollashi alomatlarini tish chiqishi belgilari bilan adashtirib yuborish mumkin. Biroq, shuni yodda tutish kerakki, chaqaloqlardagi burun bitishi va tumov alomatlari bu yana bitta tish chiqishi bilan bog’liq hodisa emas, balki tishlarning chiqishi immunitetning zaiflashuviga olib kelganligi va chaqaloqlarda tumov boshlanganligini alomatidir.

Qanday davolash va yo’l tutish kerak?

Chaqaloq shamollashini qanday va nima bilan davolash kerakligi — juda nozik masala, chunki chaqaloq juda kichik va himoyasizdir. Juda ko’p ota-onalar xavotirga tushib qolishadi va xatoga yo’l qo’yishadi. Avval tinchlanish va ba’zi maslahatlarga quloq solish kerak.

  • Bolani aslo o’rab tashlamang. Bu holda bolani qizib ketish juda oson bo’ladi. Agar chaqaloqning tana harorati 38 °C bo’lsa, uni o’rantirib qo’yish isitmani yana bir darajagacha ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
  • Xavotirlanmang va chaqaloqqa darhol isitma tushiruvchi dorilarni bermang. Tana haroratini tushiruvchi preparatlarni faqatgina bolaning isitmasi 38,5 °C va undan yuqori raqamlarni ko’rganingizda bering, lekin pastroq bo’lsa, bunday vositalarni berish kerak emas. 38,5 °C dan past bo’lgan harorat faqatgina tutqanog’i bo’lgan chaqaloqlar uchun xavfli bo’lishi mumkin va nevrolog ularning kelib chiqishi haqida ogohlantirgan bo’lishi kerak.
  • Bolaga sulfanamidlar va antibiotiklarni bermang. Axir, ular faqatgina bakteriyalarga qarshi ta’sir ko’rsatadi, shamollash (O’RVI) ning sababi bo’lgan viruslarga emas. Bunday dori-darmonlar bolaga faqatgina zarar yetkazadi — ko’pincha chaqaloqlarda ularning qabul qilishi natijasida allergik reaktsiyalar va disbakterioz yuzaga keladi. Ammo chaqaloqlarda otitbronxitpnevmoniya va boshqa bakterial kasalliklar mavjud bo’lsa, bu yerda antibiotiklar qo’llamay boshqa iloj yo’q.
  • O’zimboshimchalik qilib bolaga har xil dorilarni bermasdan, uni vrach pediatr ko’rigiga olib boring.

Chaqaloqlarda shamollashni oldini olish

Chaqaloqlarda shamollashni oldini olish juda muhimdir, chunki keyinchalik davolanishdan oldin kasallikni oldini olish ancha osonroq. Buning uchun tez-tez ochiq havoda bolangiz bilan sayr qiling, chaqaloqni ob-havoga qarab kiyintiring — uni qizib ketish va sovqotishga yo’l qo’ymang. Shamollash avj olgan davrda farzandingizni odam gavjum joylarga olib bormang va shamollagan oila a’zosi bo’lsa, chaqaloqqa yaqinlashtirmang. Chaqaloqlar shamollashi, uni davolash va oldini olish unchalik murakkab emas. Bu jarayon oddiygina g’amxo’rlik va e’tiborni talab qiladi. Eng maqbul yo’l — shifokor ko’rigidan o’tishdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x