Chaqaloq savdosi qayerdan kelib chiqyapti?

Chaqaloq savdosi qayerdan kelib chiqyapti
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda keyingi uch yil ichida 185 ta chaqaloq va yosh bola savdosi bo‘yicha holat aniqlangan. Ularning 89 foizi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi.
Bu haqda Samarqand viloyat perinatal markazida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiya ishchi guruhi tomonidan «Chaqaloq savdosining oldini olish – dolzarb masala» mavzusida o‘tkazilgan tadbirda aytildi.
Unda viloyat IIB odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi T.Elboyev keyingi yillarda chaqaloq savdosi ko‘payib borayotganligi, uning sabablari, bu jinoyat ishining oldi olinishida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida gapirdi.
– Avvalo, har bir tug‘ruqxona, perinatal markazda tug‘ilish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish o‘z vaqtida bo‘lishi va bu haqda tegishli idoralarga xabardor qilish zarur, – dedi T.Elboyev.
Chaqaloq savdosi odam savdosining bir ko‘rinishi. Uning oldini olishga ko‘maklashish va bu jinoyatga qarshi kurashish maqsadida nafaqat davlat, balki nodavlat notijorat tashkilotlari ham jalb qilingan. Masalan, respublika «Istiqbolli avlod» ijtimoiy axborot markazi bu borada faol tashkilot hisoblanadi. Tadbirda markazning Samarqand viloyat bo‘limi direktori ushbu tashkilotning faoliyati va respublika bo‘ylab joriy qilingan «Dolzarb aloqa tarmog‘i» tezkor raqamlarining odam savdosidan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati, fuqarolarni huquqiy ongini oshirishdagi o‘rni haqida ma’lumot berdi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x