Chaqaloq qayt qilsa…

To‘rt oylikkacha bo‘lgan go‘daklarning 65 foizdan ko‘prog‘i kuniga hech bo‘lmaganda bir marta emgan sutini qayt qiladi. Aslida bu me’yoriy holat hisoblanadi. Chunki, go‘daklarning oshqozon-ichak yo‘li tuzilishi va ishlashi qayt qilishga moyil bo‘ladi. Go‘dak oshqozoni gorizontal holatda, qizilo‘ngach qisqa va to‘g‘ri, oshqozonga kirishini berkitib turadigan sfinkter-mushak yetarlicha rivojlanmagani tufayli iste’mol qilingan ovqat osonlik bilan oshqozondan qizilo‘ngachga, undan esa og‘iz bo‘shlig‘iga tushadi.
Ovqat hazm qilish uchun javobgar ba’zi fermentlarning yetishmasligi, shuningdek muddatidan oldin tug‘ilgan va kam vaznli go‘daklarda ko‘proq kuzatiladigan nafas olish, so‘rish va yutish jarayonlarining yetarlicha o‘zaro muvofiqlashmaganligi ham qayt qilishga moyillikni oshiradi.
Bola o‘sa borgani sari ovqat hazm qilish tizimi to‘liq shakllanadi. Shundan so‘ng qayt qilish o‘z-o‘zidan kamayadi. Bungacha esa bola garchi sog‘lom bo‘lsada, ovqatlantirish payti, ovqatlantirib bo‘lingach yoki undan biroz o‘tib emgan sutini qayt qilib turishi mumkin. Bunday hol bolaning kayfiyati, umumiy ahvoli va tana vazni ko‘rsatkichiga mutlaqo ta’sir ko‘rsatmaydi.
Kichkintoy tetik va quvnoq o‘sib, rivojlanishdan ortda qolmasa, qayt qilishi onda-sonda, ko‘p miqdorda bo‘lmasa xavotirlanishga asos yo‘q. Demak, bu fiziologik xol hisoblanib, bola 6-8 oylik bo‘lgunicha o‘tib ketadi.
Ba’zida qayt qilish
Ba’zida qayt qilish turli kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin. Go‘dakda nevrologik buzilishlar bo‘lganida qayt qilishlar soni odatdagidan ko‘payadi. Tishlari chiqayotganida ham bola tez-tez qayt qilib turadi.
Bolada qayt qilish bilan birga tana haroratining balandligi va suyuq ich ketishi ro‘y bersa, bu ichak infeksiyasining belgisi ekanligi ehtimoldan xoli emas. Ayrim hollarda esa qayt qilishlar oshqozon-ichak yo‘li rivojlanishida nuqsonlar borligidan darak beradi.
Har qanday holatda ham shifokor ko‘rigidan o‘tgandan so‘nggina bolaga aniq tashhis qo‘yiladi. Shu sababli, agar qayt qilish doimiy tus olsa, oldini olish uchun qilingan chora-tadbirlar yordam bermasa, bola ko‘p miqdorda qayt qilayotgan bo‘lsa, o‘zini yomon his qilsa, uni shifokor ko‘rigiga olib borish zarur.
Ovqatlantirish qoidalariga amal qilinsa va hech bir kasallik aniqlanmasada ko‘p qayt qilish saqlanib qolaversa, oila shifokori va pediatr tavsiyasi bilan antireflyuks aralashmalar buyuriladi.
Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan maxsus AR-aralashmalar tarkibida turli quyuqlashtiruvchilar bo‘lib, ular ovqatni oshqozonda ushlab qoladi va qayt qilinishining oldini oladi.
AR-aralashmalar qayt qilishlar tugagunicha bola taomnomasiga qisman kiritiladi. Kamdan-kam holatlardagini bolaga sut va oddiy aralashma o‘rniga faqat antireflyuks aralashma berish uchun ehtiyoj tug‘iladi.
AR-aralashma berish davomiyligini pediatr aniqlaydi. Zarur deb topilgan hollarda oila shifokorlari oshqozon-ichak yo‘lining ishini me’yorlashtiruvchi dori vositalarini ham buyurishi mumkin.
Ko‘p hollarda bolani to‘g‘ri ovqatlantirish qoidalariga amal qilish orqali qayt qilish bilan bog‘liq muammolar ijobiy hal etilishi mumkin.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x