CHANGʻI

CHANGʻI — qorli joylar, botqoq yerlar va suv yuzida tayanch maydonini kengaytirib, siljishni osonlashtiruvchi moslama. Shim. dagi kabilalarda neolit davrida vujudga kelgan. Bir necha ming yillar davomida, asosan, yurish vositasi sifatida qoʻllanilgan, undan ovchilar, jangchilar foydalanganlar. Keyinchalik Changʻi sport va jismoniy tarbiyada keng qoʻllana boshlandi. Hoz. changʻilarning odimlovchi va sirgʻaluvchi turlari mavjud. Odimlovchi Changʻilar vazifasiga koʻra, qor va botqoqlikda yuruvchi Changʻiga boʻlinadi. Sirgʻaluvchi Changʻilar sport Changʻisi, turistlar Changʻisi, ovchilar Ch. si, maxsus Ch. (mac, samolyotlar Ch. si), suv Ch. si va b. ga boʻlinadi (yana q. Changʻi sporti).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x