CHAGʻONIYON (arab. Sagʻoniyon) Surxondaryo (Chagʻonrud)ning oʻrta va yuqori oqimi boʻylarida joylashgan tarixiymadaniy viloyat. Dastlab Syuan Szan tomonidan (mil. taxm. 630-y.) qayd etilgan. Bu hududda insonlar yashaganligining eng qad. izlari mezolit va neolit davrlariga oid. Mil. av. 2ming yillikning 2yarmida bu yerda ilk dehqonchilik manzilgohlari (Moʻlalitepa), mil. av. 1ming yillik oʻrtasida esa ilk shahar (Qiziltepa) vujudga kelgan. Mil. av. 1a. — mil. 1a. da Chagʻoniyon yuyechjiylar davlatining asosiy markazlaridan biri boʻlgan. Mil. 1—3-a. larda Chagʻoniyon Kushon podsholigi tarkibiga kirgan. Chagʻoniyonning iqtisodi va madaniyati bu davrda ravnaq topgan, koʻplab shahar va qishloklar vujudga kelgan, tovarpul munosabatlari, sugʻorma dehqonchilik, turli kasbhunarlar, tasviriy va amaliy sanʼat (ayniqsa, haykaltaroshlik) rivojlangan (Xolchayoʻn, Dalvarzintepa). Mil. 3—4-a. larning 2yarmida Chagʻoniyon sosoniy kushonshoxdar qoʻl ostida boʻlgan. Mil. 5-a. ning 2yarmi — 6-a. da viloyat avval Eftaliylar, soʻngra Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. 6-a. ning 2yarmidan — 8-a. ning 2yarmigacha Chagʻoniyonni mahalliy sulola boshqargan, u nomigagina Toxaristonning oliy hukmdorlari — turkiy yabgʻularga boʻysungan. Chagʻoniyonning ayrim hukmdorlari — xidevlar yoki chagʻonxudotlarning ismlari yozma, epigrafik va numizmatik maʼlumotlar boʻyicha aniqlangan: Fagʻanish, Sashr, Zarin, Turontosh, Tish, Xnar. Mil. 7-a. ning 2yarmida Chagʻoniyonga arablar kirib kelgan, ular 8-a. oxirida mahalliy sulolani tugatganlar. 9-a. ning oʻrtasi yoxud 2yarmidan 11 a. boshigacha Chagʻoniyon — somoniylarning eng qudratli yarim mustaqil vassallaridan hisoblangan muxtojiylar sulolasidan boʻlgan hokimlarning merosiy mulki boʻlgan. Bu sulola amirlari Abu Bakr Muhammad bin Muzaffar (940/941-y. v. e.), ayniqsa, Ahmad bin Abu Bakr Muhammad — Abu Ali Chagoniy (955/956-y.) Somoniylar saroyida eng muhim maʼmuriy mansablarni (jumladan, Xuroson noibi va sipohsolorlik) egallaganlar. Muxtojiylar davrida Chagʻoniyon tarkibiga hoz. Surxondaryo viloyatidan tashqari Tojikistonning shim. gʻarbidagi Shuman va Oxarun viloyatlari kirgan. Chagʻoniyon poytaxti ham Sagʻoniyon deb atalib, Denovdan 6 km jan. sharqsagi Budroch sh. xarobasi oʻrnida boʻlgan. Chagʻoniyon (Sagʻoniyon) sh. bu davrda Markaziy Osiyoning eng yirik iqgasodiy va madaniy markazlaridan biri boʻlgan. Chagʻoniyon Amiri Axmad bin Muhammad esa koʻplab buyuk shoirlar (Daqiqiy, Farruxiy, Manjuqiy) homiysi (mamdux) sifatida Sharqsa shuhrat qozongan. 11a. ning 1yarmida Chagʻoniyon maʼlum darajada qoraxoniylarga qaram boʻlgan, ayrim vaqtlarda u mustaqil mulk hisoblangan. 11a. ning 2yarmi — 11-a. ning 1yarmida Chagʻoniyon Saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. 11-a. ning 2yarmi — 13-a. bopsh Chagʻoniyonni qoraxoniylar, qarluklar, gʻuriylar, xorazmshoxlar idora ztgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng 13a. oʻrtasida Ch. Chigʻatoyxonning nabirasi Yesun Tuvaning, soʻngra uning oʻgʻli Barokning merosiy mulkiga aylangan. Bu davrda Yangi shahar ilgarigi rabod oʻrnida vujudga kelib 16-a. boshiga qadar mavjud boʻlgan, soʻngra Shayboniyxon tomonidan bosib olintan. Shundan soʻng asosiy markaz Dehinav (hoz. Denov)ga koʻchgan.
Ad.: Rtveladze E. V., Velikiy shelkovыy put, T., 1999,Boʻriyev O., Temuriylar davri manbalarida Chagʻoniyon, T., 2001; Chagoniyon tarixi, T., 2002.
CHAFPAK, chigʻrogʻ, chigʻrak — turkiy etnik guruh. Bobur Ch. lar haqida shunday yozgan: «Andijon viloyatining sahronishinlaridan biri chagʻrak eldir, qalin eldur. Besholti ming uyluq el bordur. Fargʻona bilan Qashqar orasidagi togʻda boʻlurlar. Otlari koʻp va qoʻylari qalindur». Ch. larning baʼzi guruxlari qipchoqlar bilan birga 11a. ning 1yarmidayoq Xorazmning siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Taxmin qilinishicha, Chagʻoniyonlar qipchoq qabilalaridan biri boʻlib, 11 — 11-a. larda Fargʻona vodiysining togʻli hududlariga kelib oʻrnashib qolgan.