CHAGʻRIBEK

CHAGʻRIBEK, Chagʻribek Dovud (turkcha chagʻri — burgut) (990—1060.4.4, Saraxs) — Saljuqiylar davlati arbobi, sarkarda. Saljuqning nevarasi va sulton Toʻgʻrulbekning ukasi. Toʻgʻrulbek bilan birgalikda koʻchmanchi oʻgʻuzlar — saljuqiylarning harbiy birlashmalariga boshchilik qilgan. 1035-y. mayda saljuqiylar Ch. va Toʻgʻrulbek qoʻmondonligida Amudaryoni kechib oʻtib, Amul (Chorjoʻy)ni egallagan va Nisoga yoʻl olgan. Gʻaznaviylar davlashinshnt sultoni Masʼud Gʻaznaviy ularga qarshi harbiy kuchlar joʻnatgan. Bu jangda gʻaznaviylar qoʻshini magʻlubiyatga uchragach, Masʼud Gʻaznaviy Ch. ka Dehiston (Kaspiy dengizining sharqiy sohili), Toʻgʻrulbekka Niso, Muso baygʻuga Farova viloyatlarini hamda ularga «dehqon» unvonini berishga majbur boʻlgan. 1036-y. dek. da Chagʻribek 4 ming qurolli otliqqa bosh boʻlib, Gʻozon, Gur, Siyohkoʻh orqali poytaxt Gʻaznani egallash uchun harbiy yurish qilgan. Ch. Marv, Andxoʻy, Shoburkon (Shibirgʻon)ni zabt etib, bu yerlarda saljuqiylar hukmronligini oʻrnatgan. 1037-y. 22 apr. da Marvda Chagʻribek nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan va unga «malik almuluk» va «shahanshoh» unvonlari berilgan. Chagʻribek saljuq amirlariga qarshi yuborilgan gʻaznaviylarning Suboshi boshchiligidagi katta qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan. Bu paytda Chagʻribek Balx viloyatini ham oʻziga boʻysundirgan (1038-y. boshlari). U Toʻgʻrulbek tomonidan butun saljuqiylar koʻshinining Oliy bosh qoʻmondoni qilib tayinlangan.

Toʻgʻrulbek Nishopurda sulton deb eʼlon qilingach (1038-y. iyun), u birodari Chagʻribekka Dehiston viloyati hokimligi va Marvni topshirgan. 1038-y. da Chagʻribekka Nishopurdan Amudaryogacha boʻlgan Xuroson, shuningdek, Movarounnahr va Xorazm hududlari tekkan. Chagʻribek keyinchalik Xorazm, Buxoro va Balxda ham oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Dandanakon jangidsh soʻng Toʻgʻrulbek Xuroson hukmdori deb eʼlon qilingan. Ch. Marvni, Toʻgʻrulbek Rayni oʻzlariga poytaxt qilishgan.

Chagʻribek 1042—43 y. larda Xorazmga yurish qilib, poytaxt Kotni egallagan. Qipchoklarni ham tobe qilib, ular oʻrtasida islom dinini tarqatgan. Keyinchalik Chagʻribek qoraxoniylar xoqoni bilan sulh tuzgan.

Manbalar: Sadraddin Ali alHusayni, Axbor addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavorix), M., 1980; Abul-lFazl Bayxaki, Istoriya Masʼuda (1030— 1041, 2izd), M., 1969.

Ad.: Agadjanov G., Ocherki istorii oguzov i turkmen Sredney Azii IX—XIII vv., Ashxabad, 1969.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x