BYURAKAN ASTROFIZIKA RASADXONASI — Armaniston FAga qarashli rasadxona. 1946-y. da Aragas sh. da tashkil topgan (rasmiy ochilish marosimi 1956-y. da oʻtkazilgan); Byurakan qishlogʻi yaqinida 1500 m balandlikda joylashgan. Byurakan astrofizika rasadxonasida qator optik va radio teleskoplar mavjud. Astrofizik kuzatuvlar asosan 1948-y. dan boshlangan. Yulduz assotsiatsiyalari kashf etilishi (1947) Byurakan astrofizika rasadxonasi ilmiy yoʻnalishini belgilab berdi. Rasadxonaning hoz. asosiy ilmiy mavzui — Galaktika tarkibini oʻrganish va u b-n bogʻliq muammolarni (yulduzlarning kelib chikishi va rivojlanishi kabi) hal etishdan iborat. Byurakan astrofizika rasadxonasida 1952-y. «Turli tipdagi tarqoq yulduz toʻdalarining atlasi» nashr etildi. Rasadxonada yulduzlar va tumanliklar spektrlarini kuzatib oʻrganish, diffuz va planetar tumanliklarni tekshirish va b. ishlar, radioastrofizika sohasidagi i. t. ishlari (radioteleskoplarni loyihalash va qurish, kuzatuv usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish) keng koʻlamda olib boriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые