BYUFFON (Buffon) Jorj Lui Leklerk (1707.7.9, Monbar1788.16.4, Parij) fransuz tabiatshunosi. Fransiya akademiyasining aʼzosi (1753-y. dan). 1739-y. dan Parij Botanika bogʻining direktori. 36 jildli (1747—88) asosiy ilmiy asari«Tabiat tarixi»da oʻsimlik va hayvonot dunyosining birligi haqida fikr yuritadi. Byuffon organizmlarni faqat sistemaga solibgina qolmasdan, yashab turgan muhit bilan birgalikda oʻrganish kerak, degan xulosa chiqardi. Geol. sohasida yerning rivojlanish tarixi haqidagi nazariyani yaratdi («Yer nazariyasi» asari nashr etilgan, 1749).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые