BYUDJETDAN MOLIYALASH — davlat (mahalliy) byudjetdan davlat buyurtmalarini amalga oshirish, davlat dasturlarini bajarish, davlat tashkilotlarini saqlash (taʼminlash) b-n bogʻliq xarajatlarga pul mablagʻlari ajratish. Byudjetdan moliyalash umumdavlat maqsadlaridagi tadbirlarni bajarish, toʻla yoki qisman davlat pul taʼminotida boʻlgan tarmoqlar, korxonalar, tashkilotlarning xarajatlari uchun pul vositalari (byudjet assignatsiyalari) ajratish shaklida amalga oshiriladi. Maye, davlat boshqaruvi mahkamalari, armiya, militsiya, politsiya, sud organlari, kisman fan, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash, mudofaa tashkilotlari va muassasalari davlat va mahalliy byudjet vositalari hisobidan taʼminlanadilar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые