BYUDJET INDEKSI

BYUDJET INDEKSI — aholining ayrim toifalari isteʼmol toʻplami (isteʼmol savati)ga kiradigan muayyan isteʼmol tovarlari narxi va xizmatlar tariflaridagi oʻzgarishlarni tavsiflaydigan indeks. Tovarlar narxi va xizmatlar tarifi oʻsishi bilan boglik boʻlgan asosiy isteʼmol xarajatlarini, bozor qiymatidagi oʻzgarishlarni aks ettiradi. Byudjet indeksi aholi isteʼmol qiladigan muayyan tovarlarga va koʻrsatilgan xizmatlarga sarflangan ayni davrdagi xarajatlarni oʻtgan (bazis) davrdagi xarajatlarga nisbatan qanday oʻzgarganligini koʻrsatadi. Byudjet indeksi aholi farovonligini baholashda eng muhim koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x