BYUDJET

BYUDJET (ing. budget — hamyon, mablagʻ) — belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yigʻindisi. Byudjet davlat darajasida q(. Davlat byudjetы), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. Byudjetni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. Byudjetda xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi Byudjet taqchilligi muammosini keltirib chiqaradi q(. Byudjet taqchilligi), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi. Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, ijro etish tartibi va b. masalalar OʻzRning «Byudjet tizimi toʻgʻrisida» qonuni (2000-y. 14 dek.) bilan tartibga solinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x