Buyuk ipak yo‘li: nega cho‘l o‘rtasidagi quduqlarda doim suv bo‘lgan?


Post Views:
4 992

Xitoy va Markaziy Osiyo shaharlarini O‘rtayer dengizi mamlakatlari bilan bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘li ko‘p asrlar davomida ushbu hududlar o‘rtasidagi savdo va madaniyat almashinuv jarayonlarida muhim rol o‘ynagan. U eramizdan avvalgi II asrda Xitoy va Farg‘ona vodiysi shaharlari o‘rtasidagi savdo yo‘li sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, keyinroq Sharq va G‘arb o‘rtasidagi muhim transport aloqa yo‘li maqomini egalladi va o‘rta asrlarga qadar amal qildi.

Buyuk ipak yo‘lining asosiy qismi Osiyoning cho‘l hududlaridan o‘tgan. Qimmatbaho yuklarni tashish uchun savdogarlar qizib turgan qumlarda yurishga juda yaxshi moslashgan tuyalardan ko‘proq foydalangan.

Sayyohlar duch kelgan eng asosiy muammo yo‘nalishning katta qismida suvning yo‘qligi edi. Tuyalar foydali joyni egallaydigan va olib ketilayotgan yuk hajmini kamaytiradigan suv idishlarini ko‘tarib yurmasligi uchun qadimgi zamonning mahoratli konstruktorlari qizigan qumlar orasida quduqlar barpo etdi. Ular «sardoba» deb atalib, ularda doim suv bo‘lgan. Bunday quduqlarni bugungi kunda ham O‘rta Osiyoning ba’zi shaharlarida uchratish mumkin.

Noyob muhandislik inshootlari yo‘lning har 12—15 kilometrida joylashib, 150—200 tuyadan iborat karvonning chanqog‘ini qondira olgan. Bu quduqlardagi suv yerosti suv manbalari tufayli emas, atmosfera havosidan suv olishga qodir original konstruksiya yordamida to‘plangan.

Ishonish qiyindek ko‘rinsa-da, qadimgi muhandislar quduqlarni qurishda uyurma effektidan foydalangan. Konstruksiyaning o‘zi tashqaridan qaraganda, toshdan ishlangan kichikroq chodirni eslatgan va bir nechta tuynuklari bo‘lgan. Quduqning yarmidan ortiq qismi yer ostiga ko‘milgan bo‘lib, suvga yetish uchun zinadan pastga tushish kerak bo‘lgan. Tom va yon tomon tuynuklarining maxsus konstruksiyasi tufayli quduq orqali muntazam cho‘l havosi aylanib turgan. Mutaxassislarning baholashicha, cho‘l havosi hajmi sutkasiga bir necha ming kubometrga yetgan.

Hatto cho‘lning qizigan havosida ham suv bug‘lari mavjud. Katta mahorat bilan barpo etilgan inshoot g‘oyasi aynan mazkur bilimga asoslangan. Arab sayyohlarining xotirlashicha, doim salqin bo‘lgan quduq ichiga tushgan issiq havo sovigan va o‘zidagi suvni tomchilar shaklida bergan. Musaffo salqin suv tosh tepalikdan quduq tubidagi maxsus chuqurlikka oqib tushgan. Odamlar ichish va tuyalarini sug‘orish uchun u yerdagi suvdan foydalangan.

Afsuski, bu qadimgi quruvchilar kim bo‘lganligi haqidagi aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Biroq tadqiqotchilar ular xitoylik muhandislar bo‘lganligini taxmin qilmoqda. Axir Buyuk ipak yo‘li Xitoy iqtisodiyotida muhim rol o‘ynagan, mamlakat rahbariyati esa uning gullab-yashnashi uchun ko‘p kuch sarflagan.

TravelAsk

Manba: Daryo.uz

https://shosh.uz/uz/buyuk-ipak-yo-li-nega-cho-l-o-rtasidagi-quduqlarda-doim-suv-bo-lgan/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x