«BUYUK IPAK YOʻLI» SAYYOHLIK YOʻNALISHLARI — Oʻzbekistonda tashkil qilingan asosiy sayyohlik yoʻnalishlari. 1994-y. Toshkent va Samarqandda Jahon sayyohlik tashkilotining «Ipak yoʻli» loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xalqaro yigʻilish boʻlib, unda Oʻzbekiston mazkur qadimiy yoʻnalish markazi deb belgilandi. 1995-y. 2-iyunda UzR Prezidenta «Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Uzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi choratadbirlar toʻgʻrisida» farmon qabul qildi. Shu asosda «Oʻzbekturizm» millim kompaniyasi «Ipak yoʻli» oʻtgan tarixiy manzillar boʻylab 200 dan ortiq yoʻnalishlar ishlab chikdi. Ular asosiy sayyohlik zonalarini qamrab oladi va Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva hamda Fargʻona vodiysi shaharlari boʻylab oʻtadi. «Ipak yoʻli»ning tarmoqlari hisoblangan Andijon, Namangan, Fargʻona, Termiz, Nukus sh. lari orqali oʻtuvchi yoʻnalishlar ishlab chiqilmoqda. Fargʻona vodiysi boʻylab oʻtuvchi yoʻnalish — «Fargʻona oltin halqasi» Qoʻqon, Fargʻona, Andijon, Namangan sh. larini oʻz ichiga oladi. Bu sayyohlik yoʻnalishlari oʻz maqsad va vazifasiga qarab kuyidagi guruhlarga boʻlinadi: ixtisoslashgan va sarguzashtli sayyohlik, qishlok sayyohligi, suvda va avtomobilda sayyoxdik, kemping va karvonsaroylarda dam olish bilan davom etuvchi sayyohlik, etnik, diniy, oʻquv va yoshlar sayyohligi. «Buyuk ipak yoʻli sayyohlik yoʻnalishlari y». s. y. da sayyohlar uchun qulay shartsharoitlar yaratish, ularga namunali xizmat koʻrsatish maksadida yangi shinam mehmonxonalar, kempinglar, motellar, umumiy ovqatlanish va dam olish maskanlari bunyod etilmoqda. Shu sababli bu yoʻnalishlar boʻylab safar qiluvchilar soni yil sayin ortib bormoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые