BUYUK ELCHILIK — Turkiyaga qarshi harbiy ittifoq tuzysh, xorijiy mutaxassislarni ruslar xizmatiga taklif qilish va qurolyarogʻ sotib olish maqsadida Rossiyaning Gʻarbiy Yevropaga qilgan elchiligi (1697—98). Rahbari — Pyotr I (Pyotr Mixaylov nomi ostida) boʻlgan. «Buyuk elchilar»: F. Ya. Lefort, F. A. Golovin, P. B. Voznitsin. Mulozimlari 250 kishidan iborat boʻlgan. Boltiqboʻyiga ega boʻlish uchun kurashga zamin hozirlagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые