DO`STLARGA ULASHING:
Buyrakda tosh bo‘lsa…
Mutaxassislarining aytishicha, inson tanasida modda almashinuvi risoladagidek kechishi va buyrakda tosh paydo bo‘lmasligi uchun u kuniga kamida ikki yarim-uch litr suv iste’mol qilishi kerak. Bunga choy, qahva, meva sharbatlari, suyuq taomlardagi suvlar ham kiradi.
Yovvoyi qulupnaydan tayyorlangan choylar ateroskleroz, asab xastaliklarida, uyqusizlikda, jigar va buyrakdagi toshlarni eritishda yaxshi natija beradi. Buning uchun bir piyola qaynoq suvga bir choy qoshiq yovvoyi qulupnaydan solib, 20 daqiqa davomida damlanadi va ichiladi.
Bir stakan qaynoq suvga 2 choy qoshiq qushtirnoq o‘simligining gulidan solib 15 daqiqa damlab qo‘yasiz. So‘ng 1 osh qoshiqdan uch mahal ichasiz.
Bir litr suvga 2 osh qoshiq loviya solib, 30 daqiqa past olovda qaynating. So‘ngra uni tindiring. Ushbu damlama har kuni uch mahal ichiladi.
2-4 osh qoshiq makkajo‘xori popugining ustiga 1,5 stakan suv solinib, 20 daqiqa qaynatiladi. Bu 1 osh qoshiqdan har 3-4 soatda ichib turiladi.