BUYERMAN TOGʻLARI

BUYERMAN TOGʻLARI — Qarnob choʻlidagi togʻlar. Toʻdakoʻl suv omborining sharqida joylashgan. Buyerman togʻlari Qarnob choʻlining prolyuvial tekisliklari bilan oʻralgan. Eng baland joyi 348 m, nisbiy bal. 90—100 m, jan. gʻarbdan shim. sharqqa yoʻnalgan. Uz. 11 km. Relyef jihatidan supasimon (platosimon) qoddiq togʻ. Yon bagʻirlari, ayniqsa jan. sharkiy yon bagʻirlari qiya boʻlib quruq soylar b-n oʻyilgan (3—10 m). Boʻr va paleogen davrlarining ohaktosh, qumtosh, konglomeratlari b-n, eng yuqori qismi quyi toʻrtlamchi davrning shagʻaltosh, konglomerat va lyossimon jinslari bilan qoplangan.

Shim. gʻarbiy etaklari qumli, jan. gʻarbiy etaklari shoʻrxoklar va shoʻr tuproqlar, qolgan etaklari shoʻrtob, boʻzqoʻngʻir tuproqlar bilan qoplangan. Yon bagʻirlarning boʻzqoʻngʻir tuproqlarida qorajusan keng tarqalgan. Oqjusan, boyalich, singren, keyreuq ham oʻsadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x