«BUXORONOMA» — Buxoro viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gaz. Buxoro sh. da uzbek tilida haftada 2-marta chiqadi. Dastlab «Uchqun» nomi b-n Samarqandda nashr etilib (1920-y. iyun—sent.), Buxoroda yashirin tarqatilgan, BXSR tashkil etilgach (1920-y. sent.), Buxoro sh. da «Buxoro axbori» nomi bilan nashr etila boshlangan. Keyinchalik «Ozod Buxoro» (1923—30), «Buxoro proletari» (193038), «Buxoro haqiqati» (1938 — 99) nomlari bilan chikdi. 1999-y. dek. dan hoz. nomda. Gaz. ga turli davrlarda Fayzulla Xoʻjayev, Fitrat, Choʻlpon, Sayd Axroriy, Ostonqul Abduqayum oʻgʻli, Kosim Sorokin, Fotih Sulaymon, Abdusalom Niyoziy, Abbos Aliyev, Ahmadjon Yoqubov, Rustam Abdurahmonov, Ashur Bozorov, Turgʻun Yokubov, Otaxon Toshxoʻjayev, Yoʻldosh Muqimov, Abdurahim Nurmuhamedov, Toshpoʻlat Hamid va b. muharrirlik qilgan. Gaz. sahifalarida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Sadriddin Ayniy, Ibrohim Moʻminov, Abdulhamid Majidov, Atoulla Xoʻjayev, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Muinjon Aminov, Neʼmat Aminov, Omon Muxtorov kabi taniqdi davlat arboblari va ziyolilar dolzarb mavzulardagi maqolalari b-n qatnashishgan. Gaz. ning dastlabki sonlaridan boshlab millim mustaqillik gʻoyasi undagi maqolalarning bosh mavzui boʻlgan. 20-y. larda gaz d. a BXSR hududidan shoʻro qoʻshinlarini olib chiqib ketish, demokratiyani rivojlantirish, davlat idoralarini ruslashtirishga chek qoʻyish, yoshlarni taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlardagi oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish kabi dolzarb masalalar yoritilgan. Shu bois gaz. tahririyati jamoasi va mualliflari shoʻro tuzumidan koʻp jafo koʻrishgan. Gaz. ning sobiq muharrirlari va yetakchi mualliflaridan Fayzulla Xoʻjayev, Abdurauf Fitrat, Sayd Ahroriy, Abdulhamid Choʻlpon, Mahmud Badayliy, Ziyo Usmoniy, Ostonaqul Abduqayum 30-y. lardagi qatagʻonda hibsga olinib, qatl etilgan. Abbos Aliyev, Abdusalom Niyozov, Abdulhamid Majidov, Aʼlo Kamolov, Ashur Bozorov uzoq muddatga qamalgan.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi davrda «Buxoronoma» shaklan va mazmunan tubdan oʻzgarib, Buxoro viloyati hayotini har vaqtdagidan yaxshiroq yoritishga harakat qilmoqda. Gaz. istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni iymoneʼtiqodli, Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalash, bozor munosabatlarini rivojlantirish, q. x. da islohotlarni amalga oshirish. tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, Buxoro sh. ni obodonlashtirish va undagi asoriatiqalarni asrabavaylash mavzulariga doimiy eʼtibor bermoqda.
Gaz. mustaqillik davrining gigant korxonasi boʻlgan Buxoro neftni qayta ishlash z-di qurilishida muxbirlar postini tashkil qilib, 2 yil mobaynida qurilishning borishini muntazam yoritib turdi. Buxoro sh. ning 2500-yillik yubileyi (1997-y.) oldidan turkum maqolalar berdi. Tahririyatda iqgisodiyot, ijtimoiy masalalar, huquq hamda xatlar va ommaviy ishlar boʻlimlari ishlab turibdi. Turli yillarda tahririyatda mehnat qilgan Baqo Saidov, Habib Abdullayev, Toshpoʻlat Hamid, Baxshullo Saidov, Halil Qodirov, Ahmadjon Niyozmurodov Respublikada xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist unvonlariga sazovor boʻlishgan. 1996-y. dan gaz. kompyuter usulida nashr etiladi. Tahririyat «Internet» orqali jahon axborot tarmogʻiga chiqmoqda. «Buxoro yangiliklari», «Buxoro futboli» ilovalari bor. Gaz. adadi 6000 (2001).
Nusratillo Naimov.