Buxoroga sayohat uchun kichik qo’llanma

Buxoroga sayohat uchun kichik qo’llanma
(2-qism)

1. Labi Hovuz
• Afandi Xo’ja Nasriddin bilan esdalik uchun rasmga tushib olishingiz mumkin.
• Mazali go’shtli taomlar tayyorlanadigan restoran bor 😋

2. Bolo Hovuz — Labi hovuzdan 1.1km uzoqlikda
• Juda go’zal masjid joylashgan, namoz o’qishingiz mumkin.

3. Buxoro Arki — Bolo hovuzdan 100m uzoqlikda
• Amir Olimxonning 4 gektarlik qishki saroyi.
• Ko’plab tarixiy ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.

4. Kolon masjidi — Arkdan 800m uzoqlikda
• Chingizxon bilan bog’lik katta tarixga ega masjid.
• 10.000 kishini sig’dira oladigan ulkan masjid.

5. Kolon minorasi — Kolon masjididan 50m uzoqlikda
• Buxoroi Sharif timsoli.
• Kechasi juda go’zal ko’rinishda bo’ladi.

6. Mo’jaz kafe — Kolon minorasi orqasidagi katta maydonda joylashgan
• Noodatiy tarzda qurilgan kafe, taomlari mazali.
• Yonida juda mazali turk muzqaymog’i ham bor 🍦

P.S Turistlar uchun ko’cha taksilari qimmat, lekin Buxoroda MyTaxi bor 🤫

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x