BUXORO QALʼASI

BUXORO QALʼASI — shaharni tashqi hujumlardan saqlash maqsadida qurilgan mudofaa devorlari (mil. 6-a. ning 2-yarmi — 16-a.). Buxoroning ilk qalʼa devori 6-a. 2-yarmida Sheri Kishvar tomonidan bunyod etilgan Ark devori boʻlgan. Keyinchalik, 8—13-a. boshlarida shahar kengayishi natijasida qalʼa devorlari bir necha bor qayta qurilgan. 1220-y. Chingizxon Buxoroni zabt etgan paytida uning mudofaa devorlarini buzib tashlagan. Abdullaxon Yadavriga kelib shahar devorlarining hoz. shakli paydo boʻlgan.

19-a. da shahar qalʼasi devorining umumiy uz. 12 km, bal. 10 m, asosining qalinligi 5 m ni tashkil etgan. Devorning yuqori qismida kengligi 2 m ga teng oʻtish joylari boʻlib, ulardan devor orqali mudofaa qurollari olib oʻtish uchun foydalanganlar. 116 ta kichik minorachalar va 11 ta 2 minorali darvozadan iborat qalʼa devorining ayrim yerlarida oʻq otish uchun moʻljallangan joylar mavjud boʻlib, devorning yuqori qismi oʻtkir uchlar (dandona) dan iborat qilib yasalgan. 1920-y. sent. da qizil qoʻshinlarning Buxoroga bosqini (q. Buxoro bosqini) oqibatida qalʼa devorlariga zarar yetkazilgan. Keyingi davrda shaharning kengayishi natijasida qalʼa devorlari shaharning bir qismida saqlanib qolgan. Eski qalʼa devorlari buzilib, uning oʻrniga yangi inshootlar barpo etilgan. Hoz. kunda qalʼa devorining saqlanib qolgan qismi shaharning qad. tarixidan dalolat berib turadi.

Ad.: Istoriya Buxarы, T., 1976; Rempel L. I., Dalekoye i blizkoye, T., 1982; Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x