BUXORO KUMUSH TANGASI

BUXORO KUMUSH TANGASIBuxoro xonligi (1500—1753) tashkil boʻlgan paytda Shayboniyxon nomi bilan zarb qilingan kumush tangalar. Shayboniylar dastlab tangalarining ogʻirligini 1 misqol, yaʼni 4,8 g miqsorida zarb qilgan boʻlsa, 17-a. ga kelib 4,4 g ga tushib qoldi. Joniylar sulolasi xukmronlik qilgan (1599—1753) davrdan boshlab kumush tangalar aʼlo sifatli sof kumushdan zarb qilingan. Mangʻitlar sulolasi (1753—1920) tangalarida Joniylar tangalariga nisbatan yozuvlar oz boʻlgan. Kumush tangalarning oʻng tomonida tanga zarb qilingan shaharning nomi, yaʼni «Himmatli Buxoro zarbi» va raqamlar b-n sana koʻrsatilgan, ters tomonida podshoning nomi va yana sana koʻrsatilgan. Mangʻitlarda podsho nomini tangaga berish yoʻllari turlicha boʻlgan. Birinchi Mangit amiri Muhammad Rahimxon oʻz nomidan tanga zarb etgan. Lekin Shohmurod oldin Abdulgʻoziy nomi b-n, keyinchalik otasi Doniyolbiy nomi bilan tangalar chiqargan. Shohmurod va uning vorisi amir Haydar goh buvasi, goh otasi, goho otabuvasi, keyinchalik oʻzi nomidan ham tangalar zarb qilgan. Uning oʻgʻliHusayn atigi 75 kun hukmronlik qilgan boʻlsa ham oʻz nomi bilan kumush tangalar zarb qilishga ulgurgan. Keyingi barcha mangit amirlari faqat avlodajdodlarining xotirasi uchun tanga zarb qilganlar. Mangʻitlarning kumush tangalari aʼlo sifatli sof kumushdan ishlangan; ularning ogʻirligi kamaygan va diametri kichraygan.

Ad.: Er Nazarov T., Kochnev Buxoro kumush tangasi, Tangalar oʻtmish darakchilari, T., 1977.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x