BUXORO DAVLAT MGʻMORIYBADIIY MUZEY QOʻRIQXONASI

BUXORO DAVLAT MGʻMORIYBADIIY MUZEY QOʻRIQXONASIBuxoro sh. dagi muzeyqoʻriqxona; Buxoroning qad. tarixini, uning moddiy va maʼnaviy boyliklarini, avloddan avlodga oʻtib kelayotgan oʻziga xos anʼanalarini saqlash, oʻrganish va targʻib qilish bilan shugʻullanuvchi muassasa. 1922-y. da Buxoro davlat muzeyi sifatida tashkil topgan. Keyinchalik turli nomlar b-n atalgan: Buxoro viloyat oʻlkashunoslik muzeyi (1940—45; 1969—83), Buxoro tarixiy oʻlkashunoslik muzey i (1945— 69), Buxoro tarixiymeʼmoriy muzeyi (1983—84), 1985-y. dan muzeyqoʻrikxona, 1988-y. dan hoz. nomda.

Muzeyqoʻriqxona jamgʻarmasi 63 mingdan ortiq. Umumiy mayd. 8320 kv. m. Uning 6 ta filiali bor: Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi (Arkda), xalq amaliy bezak sanʼati muzeyi (Sitorai Mohi Xosada), Kamoliddin Behzod nomidagi sanʼat muzeyi (sobiq Azov banki binosida), Fayzulla Xoʻjayev uymuzeyi (19-a. dagi tarixiy binoda), Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi (Peshku tumanidagi Afshona qishlogʻida), Romitan oʻlkashunoslik muzeyi (Romitan sh. da).

Muzeyqoʻriqxonaning 94 zalida 28 ta mustaqil ekspozitsiya Buxoroning rivojlanish bosqichlarini, jahon sivilizatsiyasi, maʼnaviy madaniyati va diniy qadriyatlariga qoʻshgan hissasi va hoz. kunda erishilgan muvaffaqiyatlaridan hikoya qiladi. Arxeologik toʻplamlari orasida mil. av. 4—3-a. lar neolit davriga oid pichoqsimon tosh boʻlaklari (Darvozai Qir manzilgohi), jez davri madaniyatiga doir materiallar (Zamonbobo madaniyati), sak qabilalarining qabrlaridan topilgan buyumlar, fayansdan ishlangan haykalchalar (arslon va toshbaqa), buyumlar (saklar qozoni, isirikdon va b.), shuningdek mil. av. 5-a. dan mil. 16-a. gacha daxldor manzilgox/iap va shahristonlardan qazib olingan qadah, kosa va koʻzalar, zargarlik buyumlari, suyakdan ishlangan igna, toʻgʻnogʻich va b. buyumlar bor. Numizmatika toʻplami ham boy: yunonbaktriya tangalari (mil. av. 3—2-a. lar), kushon tangalari (1—3a. lar), sosoniylar tangalari (5-a.), buxorxudotlar tangalari (7—8-a. lar), somoniylar (9 — 10-a. lar), qoraxoniylar (12-a.), temuriylar (14—15-a. lar), shayboniylar (16-a.), ashtarxoniylar (17-a.), mangʻitlar sulolasi davri (18— 20-a. boshi) ga oid oltin tangalardan iborat. Buxoro kashtalari, soʻzanalari va zardoʻzlik buyumlari, Gʻijduvon kulolchiligi (10—20-a. lar), yogʻoch oʻymakorligi buyumlari (14—20-a. lar), 16—20-a. larga oid xitoy va yapon chinnilaridan iborat toʻplamlar, noyob kitob va qoʻlyozmalar (1391—92 ylarga doir «Zikr. asar annabi») oʻrami, 1930— 2000-y. larda ishlangan tasviriy sanʼat asarlari, oʻlka tarixiga oid 100 mingdan ortiq eksponatlar saqlanadi.

Robert Almeyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x