BUXORO AXBORI

«BUXORO AXBORI» — BXSR hukumati gazetasi. 1920-y. 9 sent. dan 1923-y. iyulgacha oʻzbek tilida chiqqan. Adadi 3000. Gaz. Buxoro jadidlarining minbari boʻlib, milliy mustaqillikka erishish, mamlakatda burjuademokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishni targʻib qilgan. «Buxoro axbori» da Buxoroda vijdon erkinligini taʼminlash, milliy hukumat va milliy qurolli kuchlarga tayanish, rus qizil qoʻshinlarini Buxoro hududidan olib chiqib ketish va b. siyosiy hamda iqtisodiy masalalar koʻtarilgan. Gaz. 1923-y. iyulda Shoʻro hokimiyati tomonidan taqiklangan. Gaz. ga Fitrat, Choʻlpon, Said Ahroriy, Ziyo Usmoniy, Qori Yoʻldosh va b. muharrirlik qilgan. 1923-y. sent. dan «Ozod Buxoro» nomi bilan chiqa boshlagan (yana q. «Buxoronoma»).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x