BUTLI BAQALAR

BUTLI BAQALAR (Pelodytes) dumsiz amfibiyalar turkumiga mansub sassiq baqalar oilasi urugʻi. 2 turi bor. Gʻarbiy Yevropa pasttekisliklarida ola butli baqa (P. punctatus), Kavkaz togʻlarida ikkinchi turi — Kavkaz butli baqasi (R. caucasica) uchraydi. Butli baqalarning terisi gʻadirbudur, usti toʻq qizil boʻlib, qora va yashil xollari bor. Qorni oq, urgʻochisining orqasida butsimon oq dogʻi boʻlganidan Butli baqalar deb ataladi. Panjalari orasidagi suzgich pardalari kuchsiz rivojlangan. Nogʻora pardasi tashqaridan koʻrinib turadi. Kunduzi pana joylarda yashirinib yotadi, kechasi chiqib hasharotlar bilan oziqlanadi. Yoz davomida tuxum qoʻyib (20 dan 500 tagacha) koʻpayadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x