BUTIL SPIRTLAR

BUTIL SPIRTLAR, butanollar, S4N,ON — bir atomli spirtlar. Mol. m. 74,12. Rangsiz suyuqlik, oʻziga xos hidi bor. Toʻrtta izomeri maʼlum: birlamchi (butanol1) SN3SN2SN2SN2ON, ikkilamchi (butanol2) SN3SN2SNONSN3, izobutil (2metilpropanol1) (SN3)2 SNSN2ON, uchlamchi (uchmetilkarbinol) (SN3)3SON. Butanol1 bilan butanol2 da uglerod atomlarining tarmoqlanmagan zanjirlari bor. Izobutil Butil spirtlarda asimmetrik uglerod atomi boʻlganligi sababli uch shaklda mavjud: ulardan ikkitasi optik faol, uchinchisi ratsemik (inaktiv) shakldir. Butil spirtlar etil spirt va efir bilan yaxshi aralashadi, spirtlarga xos hamma reaksiyalarga kirishadi, uglevodlarni bijgʻitish yoʻli b-n, shuningdek sintetik usulda olinadi. Loklar, sellyuloza, smolalar i. ch. da erituvchi sifatida, yuvish vositalarini sintez qilishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x