BUTANLAR

BUTANLAR — toʻyingan uglevodorodlar, umumiy formulasi S4N|0. Mol. m. 58,123, rangsiz va hidsiz gaz. Ikki izomeri maʼlum: normal butan SN3 — SN2SN2SN3 va izobutan — SN—SN3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Butanlar toʻyingan alifatik uglevodorodlardir. Ular neftni qayta ishlash vaqtida chiqadigan gazlar tarkibida uchraydi. Normal butanni katalizator ishtirokida izomerlab izobutan, degidrogenlab divinil (kauchuk monomeri) va b. toʻyinmagan uglevodorodlar olish mumkin. Izobutanni alkillab, neogeksan va izooktan olinadi. Butanlar motor yonilgʻilarining yuqori oktanli komponenti, buten, sirka kislota, malein angidrid olishda xom ashyo, uning propan va b. uglevodorodlar bilan aralashmasi gaz yonilgi sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x