BURUNDUQXON (? 1511) qozoq xonlaridan biri (1480—1511), Kirayxon (Gireyxon)ning katta oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Abulxayrxon vafotidan keyin Muhammad Shayboniyxon bilan oʻzbek ulusiga ega boʻlish uchun koʻplab janglar olib borgan. Burunduqxon 50 ming kishilik qoʻshini b-n mangʻitlar ustiga yurish qilganda (1480) Shayboniyxon 300 askari bilan mangʻitlarga yordamga kelib Burunduqxon qoʻshinini tormor keltirgan. B. Jonibekxonning oʻgʻillari Qosim sulton va Otik sulton hamda mangʻitlardan Hamzabeklar bilan Shayboniyxon turgan Sigʻnoqni 3 oy qamal qilgan, biroq qalʼani ololmay chekingan. Shayboniyxon Oʻtrorga yurish qilganda Sigʻnoq beklari, ruhoniylari qalʼani Burunduqxonga topshirganlar. Burunduqxon soʻngra Arquq qalʼasini 40 kun muvaffaqiyatsiz qamal qilgan, Sabron, Oʻtror, Sayram, Olatogʻni egallagan. B. Shayboniyxonga qarshi turish befoydaligini tushungach, qizini unga bergan. Jonibekxon va Kirayxon vafotidan soʻng ularning oʻgʻillari oʻrtasida oʻzaro nizo boshlangan. Jonibekxonning oʻgʻli Qosim sulton Burunduqxonni dashtdan siqib chiqargan. Burunduqxon oʻzining dushmanlari boʻlgan shayboniylar huzuriga — Movarounnaxrga ketishga majbur boʻlgan va umrining qolgan kismini Samarqandda oʻtkazib oʻsha yerda vafot etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые