BURUNDI, Burundi Respublikasi (frans. Republique du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-y. larning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura sh. Maʼmuriy jihatdan 15 viloyatga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Burundi — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. 1996-y. 25-iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida 1992-y. gi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan. Sent. oyida Millat majlisi va partiyalarning faoliyati qayta tiklandi. 1998-y. 18-iyulda Millat majlisi oʻrniga Oʻtish davri millat majlisi tuzildi.
Tabiati. Burundi Sharqiy Afrika togʻligining shim. gʻarbida joylashgan. Kembriygacha hosil boʻlgan kristall va metamorfik jinslar yer yuzasiga chiqib yotadi. Relyefi, asosan, yassitoglik. Sharqida, Nil va Kongo daryolari havzasi oʻrtasida bal. 2000—2500 m boʻlgan suvayirgʻich tizma bor. Yassitogʻlik jan. sharkda Malagarasi daryosi vodiysiga tik jarliklar hosil qilib tushgan. Mamlakat markazi va sharqida nikel, kobalt, platina, titan, mis, magniy, vanadiy, qalay konlari mavjud. Iqlimi subekvatorial. Oʻrtacha oylik tra dare vodiylarida 24°, yassitogʻliklarda 18— 20°. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 800— 1600 mm. Yil davomida 2 sernam (mart — may, okt. — dek.) va 2 quruq (iyun — sent., yanv. — fev.) mavsum boʻladi. Daryolari Nil va Kongo havzalarida boʻlib, gidroenergiyaga boy, lekin ularda kema qatnay olmaydi. Yirik daryolari Ruvuvu, Akanyaru, Malagarasi, Ruzizi. Asosiy tuprogʻi unumli qizil togʻ tuprogʻidir. Ruzizi daryosining vodiysida tropik kora va shoʻrlangan tuproqaar uchraydi. Oʻsimliklari asosan savannalar boʻlib, suvayirgʻich tizmalar tropik oʻrmonlar b-n qoplangan. Hayvonot dunyosi qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlarga boy. Fil, begemot, buyvol, kiyik va maymunlar uchraydi. Milliy boglari — Kivira, Ruzizi, Ruvuvu.
Aholisn. Burundining asosiy aholisi xutu, tutsi va tva etnoguruxlariga boʻlinuvchi rundi va ruandalar; yevropaliklar va osiyoliklar ham yashaydi. Aholining 62% katoliklar, 32% mahalliy anʼanaviy dinlarga amal qiladi, 6% musulmonlar. Rasmiy tili kirundi va fransuz tillari. Aholining 6,3% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Bujumbura, Gitega, Muramvya.
Tarnxn. Burundi hududida qadimdan bantu va pigmeylar qabilasi, 15—16-a. larda efioid toifasiga mansub urushqoq kuchmanchichorvador qabilalar yashagan. Manbalarga koʻra, hoz. Burundi hududida 1558-y. da dastlabki podsholiklar tashkil topgan. Ntare 1-mayda xonliklarni birlashtirib, kuchli davlatga asos solgan. Viloyatlarni shahzodalar idora qilgan. 19-a. oxirlarida mamlakatga yevropalik missionerlar kirib keldi. 1899-y. B. Germaniya Sharqiy Afrikasi tarkibiga qoʻshib olindi. 1-jahon urushi vaktida Burundini Belgiya armiyasi egalladi (1916). Versal sulh shartnomasi, Millatlar Ittifoqi qaroriga muvofiq B. Urundi nomi b-n Belgiya ixtiyoriga oʻtdi. Davlatni Belgiya rezidenti nazoratida podsho (mvami) boshqardi. Mustamlakachilar aholini kofe, paxta kabi eksport tovarlar yetishtirishga majbur qildi. Burundi aholisi mustamlakachilarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi. Bu kurash 2 jahon urushidan soʻng Afrikada boshlangan millim ozodlik harakati taʼsirida avj olib ketdi. 50-y. lar oxirida Burundi dagi ozodlik harakati tashkiliy tuye ola boshladi. Mamlakatda siyosiy tashkilotlar paydo boʻldi. 1959-y. tuzilgan milliy taraqqiyot va birlik partiyasi Burundiga oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini, keyinchalik mustamlaka tuzumini tugatishni talab qildi. Xalq partiyaga xayrixohlik bildirdi. Belgiya hukmronlari ozodlik kurashini boshqarish maqsadida mahalliy boshqaruv organlari tuzishga rozilik berdi. Ayni vaqgda turli partiya va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro nizo qoʻzgʻadi, qabmlalarni bir-biri bilan urishtirib qoʻydi. Biroq mehnatkash omma ozodlik kurashini susaytirmadi. Oxiri mustamlakachilar Burundi mustaqilligini eʼtirof etishga majbur boʻldi. 1962-y. 1-iyulda mustaqil deb eʼlon qilindi. 1966-y. noyab. da monarxiya agʻdarilib, respublika eʼlon qilindi. 1962-y. dan BMT aʼzosi. 1992-y. 6 yanv. da OʻzRning suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami —1 iyul — Mustaqillik kuni (1962).
Siyosiy partnyalari va kasaba uyushmalarv. Birlik va milliy taraqqiyot partiyasi (UPRONA), 1959-y. da asos solingan; B. da demokratiya uchun front, 1986-y. da asos solingan. Burundi mehnatkashlari ittifoqi kasaba uyushmasi, 1967-y. da tuzilgan.
Xujalngi. B — iqtisodiy jihatdan suyet taraqqiy qilgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 13% ni sanoat, 48,5% ni q. x. beradi. Mehnatga layoqatli aholining 90% q. x. (asosan dehqonchilik va chorvachilik)da band. Bugʻdoy, oqjoʻxori, makkajoʻxori, banan, tariq, maniok, choy ekiladi. Kofe va paxta Burundining asosiy eksport ekinlaridir. Qoramol, echki, qoʻy boqiladi. Tanganika koʻl i dan baliq ovlanadi.
Burundi sanoati endi rivojlanish bosqichiga kirdi. Mamlakatda q. x. mahsulotlarini qayta ishlaydigan oʻrta va kichik sanoat korxonalari bor. Kofe va paxta tozalash, yer yongʻoq yogʻi ishlab chiqarish, q. x. uskunalari, sovun, lakboʻyoq z-dlari va poyabzal, mebel fkalari bor. Burundida t. i. yoʻq. Ichki va tashkl yuklar avtomobil yoʻllari (uz. 6,3 ming km) hamda suv va havo yoʻllari orqali tashiladi. Tanganika koʻlida kemalar qatnaydi (asosiy porti Bujumbura). Chetga kofe, paxta, koʻnteri mahsuloti, qoramol, qalay konsentrati chiqaradi va chetdan toʻqimachilik, oziq-ovqat, neft mahsulotlari, transport vositalari keltiradi. Belgiya, AKSH, Germaniya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — B. franki.
Tnbbiy xnzmati, xalq maorifi, madaniymaʼrnfny va ilmiy muassasalarn. Burundida 4,5 mingdan ortiq oʻrinli 30 ga yaqin kasalxona va 120 dan ziyod tibbiy markaz bor.
1962-y. gacha aholining 98% savodsiz boʻlgan. 1967-y. dan davlat maktablarida oʻqish bepul. Burundida 6 y. lik boshlangich maktablar, 6—7 y. lik oʻrta maktablar bor. Maktab oʻqituvchilari Bujumburadagi unt va oliy ped. maktabida tayyorlanadi. Burundida q. x. instituti (1958 i. tashkil etilgan) ham bor. Ilmiy muassasalari: K x. tadkiqotlari inti, Gidrometeorologiya milliy markazi, Tibbiyot boʻyicha tadqiqot laboratoriyasi. Bujumburada unt kutubxonasi va ommaviy kutubxona, Gitega sh. da Milliy muzey ishlaydi. 1969-y. Bujumburada Burundi madaniy markazi ochilgan.
Matbuoti, radnoeshitgirishi va telekoʻrsatuvi. Burundi dagi asosiy gaz. va jur. lar: «Renuvo dyu Burundi» («Burundi tiklanishi», fransuz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1978-y. dan), «Ubumve» («Birlik», kirundi tilida chiqadigan haftalik gaz., 1971-y. dan), «Byulleten ekonomik e finansye» («Iktisodiy va moliyaviy byulleten», fransuz tilida oyiga 2-marta chikali), «Gid» («Yoʻlnoma», fransuz va kirundi tilida chiqadigan oylik axborot byulleteni, 1970-y. dan) «Kyultyur e sosyete» («Madaniyat va jamiyat», har chorakda fransuz tilida chiqadigan jur., 1978-y. dan). Burundi matbuot agentligi — BAP 1976-y. da tuzilgan. Burundi milliy radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi 1960-y. da tashkil etilgan.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Xalqning turar joylari aksariyati xodachalardan sinch qadalib, orasiga shoxshabba, qamish va xashak oʻrab yasalgan yumaloq kulbalardan iborat, tomi ham xashak bilan yopiladi. Kulba ichi qamish bordon bilan boʻlinadi. Qishloq qoʻrgʻonlari tepalnklar va qir yon bagʻirlariga tarqoq holda joylashgan. 50 y. lardan toʻgʻri burchakli, peshayvon va derazali turar joylar paydo boʻldi. Tomini qoʻsh nishabli qilib yopish odat tusiga kirdi. Bujumbura sh. da zamonaviy yevropacha binolar qurila boshladi. Badiiy hunarmandchilikda boʻyra, savat, idish, qopqoq kabi turli hajm va shakldagi narsalar toʻqish rivojlanʻ gan. Buyumlar har xil naqshlar b-n bezatiladi. Yogʻochdan odamlar va hayvonlarning haykallarini, qalqon va oʻqdonlarni, gʻiloflarni yasaydilar.
Musiqasi. Burundi anʼanaviy musiqiy madaniyati qoʻshiqjanrlari, cholgʻu asboblari ijro uslubi xilmaxilligi b-n ajralib turadi. Turli rasmrusumlar, dafn marosimi va farzand tugʻilishiga bagʻishlangan oʻziga xos musiqalar mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgach, sanʼat anʼanalari muntazam ravishda oʻrganila boshladi, bir necha ashula va raqs ansambllari tuzildi.