BURMABOʻYIN

BURMABOʻYIN (jynx torquUla) — kizilishtonlar turkumiga mansub qush. Afrika, Osiyo va Yevropada tarqalgan. Oʻzbekistonda oʻtroq yashamaydi (bahorda kelib, kuzda Hindiston va Eronga uchib ketadi). Burmaboʻyin siyrak oʻrmon va bogʻlarda yashaydi. Boʻyining uz. 20 sm gacha boʻladi. Tuxumini daraxtlar kovagiga qoʻyadi, qushlarning tashlandiq uyalaridan foydalanadi. 6—12 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumni, asosan urgʻochisi, u ovqatlanishga ketganda erkagi bosadi. Burmaboʻyin chumolilar, oʻsimlik shiralari va b. hasharotlar bilan oziqlanadi. Hasharotlarni uzun va yopishqoq tili b-n poʻstloq orasidan yoki uyasidan tutib oladi. Burmaboʻyin biror narsadan qoʻrqsa, boshi b-n boʻynini parmadek buraydi, shuning uchun u «burmaboʻyin» deyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x