BURJIY TAQVIM — 365 kunlik quyosh taqvimi. Sharq falakiyotshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan (11-a.). B. t. oylari yulduz turkumlari nomi bilan atalgani uchun «burjiy» (yaʼni yulduz turkumlari — arabcha «burj» yoki hoz. tasavvurda astronomik taqvim) deb nom olgan (q. Burj).