Burgut bilan tulki

Burgut bilan Tulki do‘st tutinishdi va qo‘shni bo‘lib yashashga ahd qilishdi. Burgut azim tup daraxtning qir uchiga uya qurdi. Tulki esa, shu daraxt tagida, butalar orasida bolaladi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, kunlarning birida Tulki ovga chiqdi.
Shunda o‘z polaponlarini nima bilan boqishni bilmay, ochiqib o‘girgan Burgut pastga uchib tushib, butalar orasida yotgan tulkivachchalarii changaliga ilib uyasiga olib chiqsi-da, ularni o‘z polaponlari bilan baham ko‘rdi. Mana, Tulki iniga qaytib keldi, keldiyu bir qarashda ne hol yuz berganini fahmladi. U juda qattiq qayg‘urdi — nafaqat bolalarining nobud bo‘lganidan, balki qotiddan qasos ololmasligidan ich-etini yeb iztirob chekdi, zero yerdagi hayvon osmondagi qushni tuta olmaslishni u yaxshi bilar edi. Notavon va nochor hayvon nima ham qila olardi? G‘animini faqat uzoqsan turib qarg‘ashgagina kuchi yetardi uning. Biroqoradan ko‘p ham vaqt o‘tmay Burgug do‘stlik ahdiga xiyonat qilgani uchun jazosini oldi. Bir odam dalada echki so‘yib, xudolar yo‘liga qurbonlik qildi; Burgut buni ko‘rib, uchib keldi-da, kurbongohda laqqa cho‘g‘ bo‘lib yonayotgan kalla-pochchani o‘g‘irlab uyasiga olib chiqib ketdi. Xuddi shu payt birdan qattiq shamol turib, nozik shox-shabbalardan qurilgan uya boyagi kalla- pochalar orasidagi cho‘g‘lardan «pov» etib alanga oldi. Hali uchishni o‘rganmagan temirqanot, jish polaponlar kabob bo‘lib yerga tushishdi; shunda Tulki yugurib kelib Burgutning ko‘zi oldida uning polaponlarini yamlamay yutib yubordi.

Masaldan hissa shuki, do‘stlikka xiyonat qilgan odam dili ogrigan do‘stining qasosidan qutulib qolgan taqsirda ham xudolar qahridan qochib qutula olmagay.

Ezop masallari

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x