BUREYa

BUREYa (evenklar tilida birra — dare) — RF Xabarovsk oʻlkasi va Amur viloyatidagi dare. Amur daryosining chap irmogʻi. Oʻng Bureya va Chap Bureya daryolarining koʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 623 km, havzasining mayd. 70,7 ming km2. B. yuqori oqimida togʻ daryosi boʻlib, quyi qismida ZeyaBureya tekisligiga chiqadi. Asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bureya okt. da muzlab, apr. da muzdan boʻshaydi. Eng yirik irmoqlari — chapda Urgal, Tirma. oʻngda — Tuyun, Niman. Bureyada quyilish joyidan 197 km masofada kema qatnaydi. Oʻrtacha suv sarfi 940 M3/sek., eng yuqori darajadagisi 18100 m3/sek. Yogʻoch oqiziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x